RASMIY MUNOSABAT!

#munosabat

RASMIY MUNOSABAT

«O‘zbekistonda hanuzgacha tarixga doir noyob arxiv hujjatlari internet tarmoqlariga joylab borilmaydi» sarlavha ostida tarqalgan tanqidiy xabar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi quyidagilarni maʼlum qiladi.

2024 yil 25 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida o‘tkazilgan “O‘zarxiv” agentligi tomonidan amalga oshirilgan muhim vazifalar. Davlat dasturlari ijrosi” mavzusidagi matbuot anjumanida jurnalist bergan “Kerakli maʼlumotlar joylashtirilmagan. Internetdan hujjatlardan foydalanishni iloji yo‘q.” degan savoliga to‘liq javob berilgan (https://www.youtube.com/watch?v=l-Sdoh7Xhzk ) bo‘lsada, xabarda javoblar kesib olingan. Internet sahifalarida arxiv hujjatlari joylashtirilib borilmoqda. “O‘zarxiv” agentligi tomonidan yaratilgan quyidagi saytlarda foydalanuvchilar arxiv hujjatlari va ulardagi maʼlumotlar bilan tanishib borishlari mumkin.

https://doc.archive.uz/

https://xotira.archive.uz/

https://mustaqillik.archive.uz/

https://portal.archive.uz/

https://evacuation.archive.uz/

Bundan tashqari Agentlikning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalariga har kuni arxiv hujjatlarining nusxalari joylashtirib borilmoqda. Agentlikning Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari quyidagilar:

https://t.me/uzarxivs, https://www.facebook.com/uzarxivhttps://www.instagram.com/uzarxiv/,

https://www.youtube.com/channel/UC--M39nMrUhv1gCPkHaliMw,

“O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati


Manba : "O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati