RASMIY MUNOSABAT.


 

RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda “Davlat arxividagi maʼlumotlar ham o‘zgarib turadimi?” sarlavhasi ostida eʼlon qilingan fuqaroning eʼtiroziga dastlabki rasmiy munosabat.

Yuqoridagi sarlavha ostida ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilingan xabar yuzasidan ayni paytda “O‘zarxiv” agentligi ishchi guruhi tomonidan o‘rganish o‘tkazilmoqda. Mazkur o‘rganish tafsilotlari tez fursatda navbatdagi munosabatda taqdim etilishini maʼlum qilamiz.

Hurmatli yurtdoshlar agar Siz arxivlar tomonidan qonun buzilishini guvohi bo‘lsangiz yoki Sizga nisbatan g‘ayriqonuniy hatti-harakatlar sodir etilganda ushbu haqida “O‘zarxiv” agentligining 55-50-301-50 raqamli “Ishonch telefoni” yoki “antikor_archive_bot” orqali xabar berishingizni so‘raymiz.

 

“O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati


Manba : “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati