Respublikada birinchi bo‘lib ISO 37001:2016 “Korrupsiyaga qarshi harakat boshqaruvi tizimi” standarti arxivda joriy qilindi
O‘zarxiv” agentligi tizimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 maydagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5729-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2019-2020 yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish Davlat dasturining ijrosini sifatli ta’minlash, korrupsiyaga karshi jamoaviy kurashishni targ‘ib qilish va tashkil qilish hamda arxivda korrupsiyaga qarshi kurashishni tizimlashtirish va faoliyatda korrupsiya risklari bo‘lishi mumkin bo‘lgan yo‘nalishlarni belgilash va ularni bartaraf etishni zamonaviy mexanizmlarini ishlab chiqish maqsadida faoliyatga xalqaro ISO 37001:2016 “Korrupsiyaga qarshi harakat boshqaruvi tizimi” standartini O‘zbekiston Ilmiy texnika va tibbiyot hujjatlari milliy arxiviga joriy etish bo‘yichabir qator ishlar olib borilgan.
Shu maqsadda tegishli konsalting tashkilotni jalb qilgan holda ushbu standartning 10 ga yaqin ichki jarayon hujjatlarini ishlab chiqilib korrupsiyani oldini olish tadbirlariga qo‘llash uchun tasdiqlandi. Mazkur standartni arxiv faoliyatiga qo‘llanilishini o‘rganish maqsadida tashqi audit o‘tkazildi va audit natijalariga ko‘ra arxivda ushbu standart muvafaqqiyatli joriy etilgan deb topildi. 2019 yil 5 dekabr kuni ushbu standarning arxivda joriy etilishi bo‘yicha Xalqaro muvofiqlik sertifikati topshirildi. Xalqaro sertifikat tantanali ravishda “O‘zarxiv” agentligi direktori U.M.Yusupovga “CERT INTERNATIONAL” halqaro tashkiloti rahbari R.Ibragimov tomonidan topshirildi.
Ahamiyatli tomoni ushbu sertifikat Respublikadadagi barcha tashkilotlar ichida ilk bor “O‘zarxiv” agentligi O‘zbekiston Ilmiy texnika va tibbiyot hujjatlari milliy arxiviga topshirildi.