Rost24.uz — axborot-tahliliy saytida e’lon qilingan “Turkiston shahidlari nomi bizga kerak emasmi? “O‘zarxiv” tarixiy hujjatlarni qachongacha maxfiylikda saqlaydi?” maqolasiga rasmiy munosabat.

Bugun Rost24.uz — axborot-tahliliy saytida e’lon qilingan “Turkiston shahidlari nomi bizga kerak emasmi? “O‘zarxiv” tarixiy hujjatlarni qachongacha maxfiylikda saqlaydi?” maqolasi https://rost24.uz/uz/news/1215 e’lon qilindi va ijtimoiy tarmoqlarda turli izohlarga sabab bo‘lmoqda. “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati turli tushunmovchiliklarni oldini olish maqsadida holat bo‘yicha quyidagilarni bildiradi.

2019 yl 20 sentabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishi va ish yuritishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5834-sonli farmoyishining 3-bandida “O‘zarxiv” agentligi 2020 yil 1 iyungacha O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati bilan birgalikda davlat arxivlarida saqlanayotgan tarixiy davr (1917 yilgacha) arxiv hujjatlarini o‘rnatilgan tartibda maxfiylikdan chiqarish bo‘yicha choralarni ko‘rish vazifasi belgilangan.

Mazkur vazifani bajarish maqsadida bir qator tegishli tashkilotlar tomonidan bir muncha ishlar amalga oshirildi. Xususan, bugungi kunda vakolatli tashkilotlar mutaxassislaridan iborat maxsus ishchi guruhi a’zolari tomonidan O‘zbekiston Milliy arxivida “maxfiy” grifi ostida  saqlanayotgan yuzlab tarixiy davr hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish ishlari amalga oshirilmoqda.

Olib borilgan ishlar natijasida arxivning tarixiy davr maxfiy hujjatlariga tegishli I-1 fondining 353-yig‘majildi; I-19 fondining 1605, 2587-sonli yig‘majildlari, I-722 fondining 17a- sonli yig‘majildi;  I-5 fondining 14, 22, 23, 33-sonli yig‘majildlari; I-16 fondining 2-sonli yig‘majildi, I-46 fondining 23, 51-sonli yig‘majildlari, I-194 fondining 6, 7,9, 11,12, 13, 18-sonli yig‘majildlari hamda M-278 fondning 26a-sonli yig‘majildlaridagi 801 varaqdan iborat  tarixiy davr hujjatlari o‘rnatilgan tartibda maxfiylikdan chiqarilib, tadqiqotchilar e’tiboriga xavola etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev tomonidan Ikkinchi jahon urushi yillarida qozonilgan g‘alabaning munosib nishonlash bo‘yicha imzolangan qarorlari hamda Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan nutiqida ota bobolarimiz jasoratlarini chukur o‘rganish va kelgusi avlodga yetkazish maqsadida yangi tarixiy ma’lumotlarni aniqlash va ilmiy muomalaga kirish masalasiga alohida urg‘u berib o‘tilgan.

Ushbu maqsadda O‘zbekiston Milliy arxivining   “maxfiy” grifi ostida  saqlanayotgan «Upolnomochennыy upravleniya po evakuatsii naseleniya pri Sovete Narodnыx Komissarov UzSSR» F.№ R-314 fondi  va  “Sovet Narodnыx Komissarov UzSSR” F.№R-837 fondlarining 603ta varaqdan iborat 264 saqlov birligidagi yopiq hujjatlari o‘rnatilgan tartibda mahfiylikdan chiqarilib, ilmiy muomalaga kiritildi.

2022 yil oktabr oyi holatiga ko‘ra yana 37 saqlov birligidagi hujjatlar maxfiylikdan chiqarildi.

Aynan shu yaqin kunlarga yana bir qator hujjatlar maxfiylikdan chiqarilib, tadqiqotchilar uchun ochiq fondlarga foydalanishga topshiriladi.

Ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 482-son (https://lex.uz/docs/329133) qaroriga asosan 2022 yil 15 fevralda 68-son qaror bilan kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra Idoraviy saqlov muddati tugagan maxfiy hujjatlar maxfiylikdan chiqarish nuqtai nazaridan ko‘rib chiqilgandan so‘ng davlat arxivi saqloviga belgilangan tartibda topshiriladi.


Manba : "O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati