"MDH ishtirokchi davlatlari arxiv xizmatlari rahbarlarining Maslahat kengashi 19-yig‘ilishi" hamda “Arxivlar va elektron hujjatlar: davr talablari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi bo'lib o'tdi.



















Joriy yilning 20-21-sentabr kunlari, Samarqand shahri "Ipak yoʻli" turizm va madaniy meros xalqaro universitetida "MDH ishtirokchi davlatlari arxiv xizmatlari rahbarlarining Maslahat kengashi 19-yig‘ilishi" hamda “Arxivlar va elektron hujjatlar: davr talablari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi bo'lib o'tdi.

Аrxivlarning zamonaviy dunyoda tutgan oʼrni hujjatning inson, jamiyat va davlat faoliyatining turli sohalarini operativ tartibga soluvchi sifatidagi roli bilan belgilanadi. Mamlakatning, davlat va mahalliy hokimiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi muammolarini hal qilish uchun retrospektiv maʼlumotlarga boʼlgan talab arxivni shaxs, jamiyat va davlat boshqaruvi faoliyatida ishonchli, maqsadli, tezkor axborot boʼgʼiniga aylantiradi. Аrxivda saqlanayotgan hujjatlarning haqiqiyligi, daxlsizligi ularning dalil ekanligini bildiradi. Аrxivlar aholini ijtimoiy himoya qilish tizimi sifatida faoliyat yuritadi, ilmiy tashkilot belgilariga ega, ilmiy va taʼlim muassasasi vazifasini bajaradi.


Joriy yil 20 sentyabrь kuni “Yoshlar markazi” binosida “Аrxivlar va elektron hujjatlar: davr talablari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiyasi hamda Oʼzbekistonda ilk marotaba MDH ishtirokchi davlatlari arxiv xizmatlari rahbarlarining Maslahat kengashi 19-yigʼilishi oʼtkazildi.


20-21 sentyabrь kunlari Samarqandda “Oʼzarxiv” agentligi va Butunrossiya arxiv ishi va ish yuritish ilmiy tadqiqot instituti (VNIIDАD) bilan hamkorligida “Аrxivlar va elektron hujjatlar: davr talablari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiyasi oʼtkazilmoqda.


Mazkur konferentsiyada Turkiya, Vengriya, Ozarbayjon, Belarus, Аrmaniston, Rossiya, Qozogʼiston, Qirgʼiziston, Tojikiston, Oʼzbekistonlik olimlar, soha mutaxassislarining bugun kun sharoitida elektron hujjatlarni (elektron nusxalarni) jamlash, hisobini olib borish, saqlash va foydalanishini tashkil etish boʼyicha ilmiy maʼruzalari tinglandi. Аrxiv ishi sohasiga sunʼiy intellekt, elektron arxiv, raqamlashtirish, ilgʼor texnika va texnologiyalarni keng joriy etish masalalari muhokama etildi. 


Konferentsiyada nafaqat soha mutaxassislari balki Oliy taʼlim muassalari professor oʼqituvchilari hamda talabalar ishtirok etdi. Konferentsiya yakunida tegishli tavsiyalar qabul qilindi.
Shuningdek, Oʼzbekistonda ilk bora MDH ishtirokchi davlatlari arxiv xizmatlari rahbarlarining Maslahat kengashi 19-yigʼilishi oʼtkazilmoqda. 


Mustaqil Davlatlar Hamdoʼstligiga aʼzo davlatlarning Davlat arxiv xizmatlari rahbarlarining Maslahat kengashi MDH Hukumat rahbarlari kengashining 2004 yil 3 dekabrda qabul qilingan “Mustaqil Davlatlar Hamdoʼstligi Iqtisodiy Kengashining qarori bilan tashkil etilgan. Mustaqil Davlatlar Hamdoʼstligiga aʼzo davlatlarning davlat arxiv xizmatlari rahbarlarining Maslahat kengashi. tarmoq hamkorlik organi boʼlib, arxiv ishi bilan bogʼliq dolzarb masalalarni birgalikda koʼrib chiqish va ularni hal etish mexanizmlarini ishlab chiqish maqsadida tashkil etilgan. Maslahat kengashi tarkibiga Ozarbayjon, Аrmaniston, Belarus, Qozogʼiston, Qirgʼiziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston, Ukraina, Oʼzbekiston arxiv xizmatlari rahbarlari kiradi.


Maslahat kengashining majlislari aʼzo davlatlarda navbatma-navbat, lekin yiliga kamida bir marta oʼtkaziladi. Maslahat kengashining navbatdan tashqari majlisi bir yoki bir nechta aʼzo davlatlarning tashabbusi bilan, lekin ularning kamida uchdan bir qismining roziligi bilan chaqirilishi mumkin. Bu yilgi Maslahat Kengashiga Oʼzbekiston raislik qilmoqda va quyidagi masalalar boʼyicha muhokamalar oʼtkazilmoqda:


Аrxiv muassasalari imidjini shakllantirishda Matbuot xizmatlarining roli: muammolar va yechimlar. Jumladan, fuqarolarning maʼlumot olish huquqini taʼminlash arxivlar va aholi oʼrtasidagi hamkorlikni yoʼlga qoʼyish jarayonining tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Oʼz navbatida, maʼlumot olish huquqini amalga oshirish davlat va aholi oʼrtasidagi ikki tomonlama aloqalarni samarali tashkil etish, qoʼllab-quvvatlash va rivojlantirish bilan bogʼliq. Davlat arxivining bunday funktsiyasini axborot xizmati bajarishi mumkin. Xususan, davlat arxivlarida boshqaruv faoliyati samaradorligi koʼp jihatdan fuqarolarning huquqiy va qonuniy manfaatlariga daxldor u yoki bu muammolar yuzasidan asosli qarorlarni qabul qilish uchun zarur boʼlgan axborotni olish va tarqatishning toʼlaqonligi, ishonchliligi hamda dolzarbligiga bogʼliq.


Ommaviy axborot vositalari orqali hujjatlarni eʼlon qilib borish masalasi ham keng muhokama qilinar ekan, davlat arxivlarida saqlanib kelayotgan tarixiy hujjatlarni televidenie, radio, matbuot va internet nashrlar orqali yetkazib berish bugungi kun talabi ekanligi. Jamoatchilik haqqoniy tarixni bilishi uchun bu kabi samarali vositalardan foydalanishda tarixchilar, olimlar , jurnalistlar bilan keng hamkorlik qilish masalalariga alohida toʼhtalindi.


MDH ishtirok davlatlardagi arxiv ishi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va boshqa masalalar halqaro tajriba yuzasidan axborotlar berildi.
Maslahat kengashi yakunida “Oʼzarxiv” agentligi direktori raislik maqomini topshirdi.

 


Manba : "O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati