SAMARQAND VILOYATI SAMARQAND TUMAN DAVLAT ARXIVIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti tomonidan tasdiqlangan “O‘zarxiv” agentligi rahbariyati tomonidan 2022 yilning I yarim yilligida hududlarda jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabuli jadvali”ga muvofiq “O‘zarxiv” agentligi direktori o‘rinbosari Sadikov Sherzod G‘ayratovich Samarqand tuman davlat arxivida jismoniy va yuridik shaxslar vakillari sayyor qabulini o‘tkazdi.
Fuqarolarga muammolarini hal etishda amaliy yordam ko‘rsatildi va bir necha nafariga huquqiy maslahatlar berildi.


Manba : "O'zarxiv" agentligi Axborot xizmati