Samarqand viloyatidagi yana bitta arxiv uchun qulay sharoitlar yaratildi




Samarqand viloyatidagi yana bitta arxiv uchun qulay sharoitlar yaratildi
Shu kungacha o‘zi joylashgan binosida arxiv hujjatlarini saqlash uchun shart-sharoitlar qoniqarli bo‘lmagan. Arxiv hujjatlarini sifatli darajada saqlovini taʼminlash, arxiv xizmatlarini ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida Payariq tuman shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxiviga Payariq shahri Cho‘lpon ko‘chasi 88-uy, avvalgi Payariq tuman 1-son FHDY bo‘limining binosi Adliya vazirligi tomonidan ajratildi.
Hozirda mazkur arxiv binosiga tumandagi tashkilot-muassasalalarning 1975-2020-yillardagi shaxsiy tarkibga oid barcha hujjatlar ko‘chirib olib kelindi. Arxivda onlayn xizmatlar ko‘rsatish uchun ishchi sharoitlarni yaratish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.


O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati
O'zbekiston Respublikasi Xukumat portali
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi