Samarqandlik arxivchilar sulolasi
Ustoz – sofdil, kamtarin, ma’naviy boy, butun kuchini, aql-idrokini, bilim va zehnini, qalb qo‘riyu, mehrini shogirdlariga baxshida etgan zahmatkash, qalban pok insondir.Yuqorida keltirilgan pur ma’no so‘zlar ustozlarning maqom-darajalari naqadar yuksakligini bildiradi. Uztozlarni ho‘rmat-yehtirom qilish azal-azaldan bizlarga meros bo‘lib kelgan tushunchadir.
Sohada uzoq yillar faoliyat yuritib, ko‘pgina shogirdlarga ustozlik qilib, kelayotgan ustoz Axadova Matlyuba Melikovna xam shunday faxrli, o‘z kasbiga sodaqatli ustozlardandir. Ko‘pgina shogirdlari qatori o‘z farzandi Tursunova Shaxlo Baxtiyarovnaga xam arxiv sohasiga mexr uyg‘otib, o‘z bilim va malakalari sohadagi tajribalarini chuqur o‘rgatib arxivchilar sulolasini davom ettirishda katta hissasini qushib kelmoqda. Uzoq yillarda davomida tuman arxivida direktor lavozimida faoliyat yuritib, 2013 yil sharafli nafaqa yoshini qarshilab, ushbu ma’suliyatli kasbining davomchi sulolasini Tursunova Shaxlo Baxtiyarovna bardavom davom ettirib kelmoqda.
Ustoz xaqida qisqacha aytib utadigan bo‘lsak, Axadova Matluba Melikovna 1957 yil 21 dekabrda Samarqand viloyat Pastdarg‘om tumanida tavallud topgan. Pastdarg‘om tuman Alisher Navoiy nomidagi 21-o‘rta maktabni medal bilan tamomlagan.
Oilaviy sharoiti tangligi va o‘qishga topshirishga imkoni bo‘lmaganligi tufayli arxivida yordamchi xodim vazifasida ish boshlagan.Arxiv sohasiga mehr qo‘yib 1979 yil Qarshi davlat Pedagogika Instituti tarix fakultetiga sirtdan o‘qishga kirib ish faoliyatini arxivda davom ettirgan. 1979-1984 yillarda tuman arxivida arxivchi lavozimida ishlagan. 1985-1989 yillar davomida Samarqand viloyat arxiv ishi boshqarmasi xo‘jalik hisobidagi arxivchilar bo‘limda tajribasini oshirgan va ish faoliyatini davom ettirgan.
1990 yildan boshlab Pastdarg‘om tuman idoralararo ho‘jalik hisobidagi shaxsiy tarkib arxivida bosh buxgalter (hisobchi) lavozimiga tayinlangan. Ushbu lavozimda 1998 yil iyun oyiga qadar ishlagan va shu yilning iyul oyidan boshlab, Pastdarg‘om tuman idoralararo xo‘jalik hisobidagi shaxsiy tarkib hujjatlari arxivida direktor lavozimida faoliyatini davom ettirgan.
Sohadagi faoliyati davrida xalqqa bor mehri va sadoqati bilan xizmat qilgan va shu bilan birga ko‘pgina shogirdlar yetishtirgan. Barchamizga mehribon va g‘amxo‘r ona, samimiy do‘st,hayyot yulimizda yul ko‘rsatib, o‘zining dono maslaxatlari bilan qalbimizni xotirjamligini taminlovchi ustozdir.Ustoz 2013 yil nafaqa yoshiga yetganligi sababli nafaqaga chiqgan.Arxiv faxriysi ustoz Axadova Matluba Melikovna bugungi kunda nevaralar qurshovida keksalik gashtini so‘rib, yurt tinchligi va salomatligini so‘rab qo‘llari duoda. Sohadagi ko‘p yillik mehnati uchun yana bir bor minnatdorchilik bildiramiz. Ustozning umrlari uzoq bo‘lsin!
Ustoz-shogird an’analari bardavomdir