Sayyor qabul
Bugun “O‘zarxiv” agentligi rahbariyati tomonidan 2022 yilning II yarim yilligida hududlarda jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabuli jadvali”ga muvofiq “O‘zarxiv” agentligi direktori Ulug‘bek Mirtalibovich Yusupovning Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani davlat arxivida jismoniy va yuridik shaxslar vakillari sayyor qabuli o‘tkazildi. Sayyor qabul davomida og‘zaki murojaatlar tinglandi, fuqarolarga muammolarini hal etishda amaliy yordam ko‘rsatildi va bir necha nafariga huquqiy maslahatlar berildi.