“Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim!” O‘zbekiston mustaqilligining 29 yilligiga bag‘ishlanadi.

———————Vatan———————
Shu vatanni asrayman jondan, 
Chunki Vatan onam kabidir. 
Shu xalqimni  asrayman jondan,
Chunki xalqim  oilam kabidir.

Tuprog‘i zar oltinga qiyos, 
Havosida jannat ifori. 
Ko‘rgan ko‘zni quvnatar bexos, 
Bizning vatan jannatning o‘zi.  

Beshigi ham  kichik bor vatan, 
Tinch uxlaydi unda bolasi. 
Bir umrga  asraydi jonni,  
Onalarning aytgan allasi.

Temurbeklar ko‘payar yurtda, 
Ko‘kda mag‘rur hilpirar bayroq.  
Dunyo bildi shu o‘zbek xalqim, 
Menga sharaf seni kuylamoq.

Shu vatanni asrayman jondan, 
Chunki vatan ka’ba kabidir. 
Shu xalqimni asrayman jondan , 
Chunki xalqim jonim kabidir.

Muborak tuman davlat arxivi arxivchisi Qurbonova Gulshan.


Manba : "Ўзархив" агентлиги Ахборот хизмати