Shaxrisabz shahrida “Yosh arxivchilar Forumi” hamda “Elektron hujjatlarni shakllantirish, jamlash, hisobini olib borish, saqlovini ta’minlash hamda ulardan foydalanishni tashkil etish”konferensiya tadbirlari o‘tkazildi
Joriy yilning 10-11 iyun kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi PF-5106-son Farmoni ijrosini ta’minlash hamda yoshlar bilan ochiq muloqotlarni o‘tkazish maqsadida, shuningdek, “O‘zarxiv” agentligining 2015 yil I yarim yilligiga mo‘ljallangan Asosiy ish rejasining 9.3 - bandiga muvofiq Agentlik tomonidan Qashqadaryo viloyati Arxiv ishi xududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda Shaxrisabz shahrida “Yosh arxivchilar Forumi” hamda 9 iyun - Xalqaro arxivlar kuni va 15 iyun - “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinganligining 9 yilligi munosabati bilan “Elektron hujjatlarni shakllantirish, jamlash, hisobini olib borish, saqlovini ta’minlash hamda ulardan foydalanishni tashkil etish”konferensiya tadbirlari o‘tkazildi.
“Yosh arxivchilar Forumi” va uning doirasida “Elektron hujjatlarni shakllantirish, jamlash, hisobini olib borish, saqlovini ta’minlash hamda ulardan foydalanishni tashkil etish” mavzusida Konferensiyada respublikada faoliyat kursatayotgan davlat arxivlarining yosh xodimlari, Yoshlar Ittifoqi yetakchilari ishtirok etdilar. Forum doirasida A.Temur xaykali poyiga gullar qo‘yish, Respublika “Yosh arxivchilar forumi” ishtirokchilari bilan “O‘zarxiv” agentligi Bosh direktorining ochiq muloqoti, “Yosh arxivchilar Forumi” ishtirokchilari o‘rtasida “Bilimdon arxivchilar” intellektual musobakasi, “Elektron hujjatlarni shakllantirish, jamlash, hisobini olib borish, saqlovini ta’minlash hamda ulardan foydalanishni tashkil etish” mavzusidagi Konferensiya, “O‘zarxiv” agentligi Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti va respublika “Yosh arxivchilar forumi” qatnashchilarining Qashqadaryo viloyati arxiv sohasida ishlagan faxriylari bilan Davra suhbati, Shaxrisabz shahri bo‘ylab sayohat kabi tadbirlar o‘tkazildi. Forumda va konferensiyada faol ishtirok etgan arxivchilar Agentlik diplomlari, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.