Shvetsariyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi K.Obolenskiy «O‘zarxiv» agentligiga tashrif buyurdi.
Shvetsariyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi K.Obolenskiy «O‘zarxiv» agentligiga tashrif buyurdi.
Uchrashuv chog‘ida «O‘zarxiv» agentligi va Shvetsariya arxivlari o‘rtasida arxiv sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Uchrashuv so‘ngida arxiv bo‘ylab qiziqarli ekskursiya uyushtirilib, arxivda hujjatlar saqlovini taʼminlash, ularni restavratsiya va raqamlashtirish jarayonlari bilan tanishtirildi.
Shuningdek, mazkur tashrif doirasida K.Obolenskiyga «O‘zarxiv» agentligi nomidan esdalik sovg‘alari taqdim etildi. Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yana-da rivojlantirish yuzasidan kelishib oldilar.