Sirdaryo viloyat davlat arxivlarida arxiv ishi va ish yuritish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va Istiqboldagi mavzular mavzusiga bag‘ishlangan PRESS-TUR o‘tkazildi.

Sirdaryo viloyat davlat arxivlarida arxiv ishi va ish yuritish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va Istiqboldagi mavzular mavzusiga bag‘ishlangan PRESS-TUR o‘tkazildi.

«O‘zarxiv» agentligi, Axborot va kommunikatsiyalar agentligi hamda Sirdaryo viloyat arxiv ishi boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan mazkur Press-turda bir qator jurnalistlar Ommaviy axborot vositalari vakillari hamda blogerlar ishtirok etdilar.

Press-tur davomida Sirdaryo viloyat davlat arxivi, Yangiyer shahar davlat arxivi, Qatag‘on qurbonlari muzeyi kabi bir qator obyektlarda jurnalistlar bo‘ldi.

Shuningdek, press-turda arxivlarda arxiv hujjatlarini saqlovini taʼminlash, hujjatlarni saqlash uchun yaratilgan shart-sharoitlar, hujjatlarning jamlanishi, ulardan foydalanishni tashkil etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, arxiv hujjatlarini restavratsiya konservatsiya qilish, hujjatlarni raqamlashtirish va axborot tizimlariga kiritish holati kabi jarayonlar bilan tanishtirildi.

Sirdaryo viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasida 2023 yil hamda 2024-yilningo‘tgan davrida davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.

Sirdaryo viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasining asosiy vazifalari bu – viloyatda arxiv ishi va ish yuritish sohasida yagona davlat siyosatini yuritish va nazorat qilish, Milliy arxiv fondi hujjatlarini jamlash, saqlash, hisobini yuritish va ulardan keng foydalanishni tashkil etishdan iborat.

Hozirgi kunda viloyatda jami 8 ta arxiv muassasasi faoliyat yuritayapti.

Shundan:

- 4 ta davlat arxivlari;

- 4 ta shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivi.

Viloyatdagi faoliyat yuritayotgan arxiv muassasalarida bugungi kunda jami 717.420 ta saqlov birligidagi arxiv hujjatlari saqlanmoqda, shundan 480.859 ta S.b. boshqaruv hujjatlari, 217.970 ta S.b. shaxsiy tarkib hujjatlari, 18.591 ta S.b. shaxsiy kelib chiqish hujjatlari hisoblanadi.

Viloyatdagi arxiv muassasalarida saqlanayotgan milliy arxiv fondiga tegishli boshqaruv hujjatlarining 380.455 ta S.b. hujjatlar sobiq ittifoq davriga oid, 336.965 ta S.b arxiv hujjatlar mustaqillik davriga oid arxiv hujjatlari hisoblanadi.  Boshqaruv hujjatlardan 9.298 ta saqlov birligida alohida qimmatli hujjatlar hisoblanadi.

Sirdaryo viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimidagi arxivlarda arxiv ishini rivojlantirishning 24 banddan iborat rejaning barcha bandlari bo‘yicha  bajarishga erishildi va 22 ta band bo‘yicha o‘tgan yilga nisbatan o‘sish ko‘rsatkichiga erishildi.

Xususan, viloyat bo‘yicha 2023 yil davomida hujjatlar yig‘ma jildlarini 15804 saqlov birligidagi varaqlarini taʼmirlash ishlari olib borilib, rejaning 165 foiz bajarishga erishildi.

Shuningdek, viloyat bo‘yicha 2023 yil davomida 13801 ta saqlov birligida arxiv hujjatlarda muqovalash va tikish ishlari olib borilib rejaning 148 foiz bajarishga erishildi.

Arxiv hujjatlarini elektron nusxalarini yaratish raqamlashtirish  hozirda eng dolzarb vazifa hisoblanadi. Shu maqsadida bu yo‘nalish bo‘yicha keng ko‘lamda ishlar olib borildi.

Qog‘oz asosidagi 13.712 ta saqlov birligidagi hujjatlardan 1.484.064 ta kadr miqdorida hujjatlarni elektron nusxalari yaratildi va  reja 121 foizga bajarildi.

O‘tgan yil davomida viloyatdagi davlat arxivlari hamda shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlariga jami 12.554 ta S.b. boshqaruv arxiv hujjatlari hamda 21430 ta saqlov birligida shaxsiy tarkib hujjatlari arxiv saqlovlariga qabul qilindi.

Viloyatdagi  arxivlarga 2023 yil  mobaynida  8.677 ta ijtimoiy huquqiy so‘rovlar kelib tushgan bo‘lsa  shundan, Davlat xizmati markazlari orqali 5.837 ta, pochta va elektron pochta orqali 925 ta, bevosita arxivga murojaat etganlar soni 1.915 ta so‘rovlarni tashkil etdi.

Boshqarma tizimidagi davlat arxivlarda  jismoniy va yuridik shaxslardan 2023-yilda Davlat xizmati markazlari orqali 3.727 ta mavzuli so‘rovlar kelib tushgan.

O‘tgan davr ichida jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabul rejasiga asosan viloyatdagi barcha tuman davlat arxivlarida 16 ta sayyor qabul o‘tkazildi va sayyor qabulga tashrif buyurgan  138 nafar fuqarolarning murojaatlari ijobiy hal etildi.

Davlat arxivlari tomonidan jami 1.370 million so‘mlik pullik xizmat ko‘rsatildi va reja ko‘rsatkichi 248 foizga bajarildi.  Yuridik va jismoniy shaxslardan tushgan mavzuli so‘rovlardan 434,0 million so‘mlik pullik xizmat, Davlat  arxivlari tomonidan shartnoma asosida hujjatlarni tartibga keltirishdan 694,0 million so‘mlik pullik xizmat va depozitar saqlov hamda boshqa xizmat turlaridan 242,0 million so‘mlik pullik xizmat ko‘rsatildi.

Sirdaryo viloyati arxiv ishini rivojlantirishning 2024-yil 1-choragida amalga oshirilgan ishlari qisqacha statistik ko‘rsatkichlari:

 

Topshiriq nomi

Reja

Amalda

Foizda

 

1.

Qog‘oz asosidagi hujjatlarning jismoniy saqlovini taʼminlash (taʼmirlash)

2660 varaq

2684 varaq

109,2

2.

Muqovalash va tikish

2518 varaq

2635 varaq

104,6

3.

Arxiv hujjatlarini raqamlashtirish

690 kadr

712 kadr

103,2

4.

Fondlar va hujjatlar hisobi (qabul qilingan hujjatlar)

4000 s/b

2884 s/b

72,1

5.

Yalpi o‘rganish

15

28

160

6.

Mavzuli o‘rganish

15

27,0

140

7.

Mavzuli so‘rovlar

475

739

155,6

8.

Ijtimoiy-huquqiy mazmundagi so‘rovlar

1445

1861

128,7

9.

Davlat arxivlarini pullik xizmatdan tushgan daromadi

63,0 mln.so‘m

110,9 mln.so‘m

174,0

10

Shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlarida pullik xizmatdan tushgan daromadi

50,04 mln.so‘m

227,3 mln.so‘m

454,8


Manba : “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati