Sirdaryo viloyatida “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi qonunning ijrosi ustidan Davlat nazoratining o‘rnatilganligi hamda viloyatda arxiv ishi va ish yuritish sohasida amalga oshirilayotgan ishlarning holati yuzasidan Ishchi guruhning yakuniy yig‘ilishi o‘tkazildi.
O‘rganish jarayonida arxiv ishi va ish yuritish sohasida viloyatda yagona davlat siyosatini yuritish va nazorat qilish holati, Milliy arxiv fondi hujjatlarini jamlash, ularning saqlanishini, davlat hisobiga olinishini ta’minlash va ulardan keng foydalanish holati, tashkilotlarda hujjatlar shakllanishi jarayoni va hujjatlar aylanishi hajmi monitoringini olib borish holati, arxiv ishi soxasida aniqlangan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risida bayonnomalar tuzilganligi, MAF hujjatlari davlat ro‘yxatiga olinishini tashkil qilish holati va boshqa masalalar qamrab olindi.
Ishchi guruhning muhokamalarida mas’ul shaxslarga tegishli tushuntirishlar berildi.