“Siyosiy ma'rifat, huquqiy madaniyat haftaligi” shiori ostida tadbir oʼtkazildi.

«OʼzArxiv» agentligi tizimida “Siyosiy maʼrifat haftaligi” deb eʼlon qilinganligi munosabati bilan Oʼzbekiston Ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari milliy arxivida 2021 yilning 9 noyabr kuni Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning lavozimga kirishish tantanali marosimiga bagʼishlangan Oliy Majlis palatalari qoʼshma majlisidagi NUTQIda belgilangan vazifalar, ilgari surilgan gʼoya va takliflarni keng va tahliliy muhokama qilish maqsadida siyosiy maʼrifat soati boʼlib oʼtdi. 

Maʼrifat soatida INTERLEX advakatlik firmasi direktori tomonidan Prezidentimizning mazkur nutqidagi davlatimizning keyingi yillardagi ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy sohalarni rivojlantirish borasidagi muhim masalalar muhokama qilindi.

«Yangi Oʼzbekistonni hammamiz birgalikda quramiz»


Manba : "O'zarxiv" agentligi Axborot xizmati