"Siyosiy ma'rifiy haftalik"
“Oʻzarxiv” agentligi tizimida “Siyosiy maʼrifat haftaligi” deb eʼlon qilinganligi munosabati bilan Qashqadaryo viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasida 2021-yilning 9-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning lavozimga kirishish tantanali marosimiga bagʻishlangan Oliy Majlis palatalari qoʻshma majlisidagi nutqida belgilangan vazifalar, ilgari surilgan gʻoya va takliflarni keng va tahliliy muhokama qilish maqsadida siyosiy oʻquv soati tashkil etildi.
Oʻquv soatida viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi mutaxassislari hamda viloyat va tumanlar davlat arxivlari direktorlari qatnashdilar.