Surxondaryo viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimidagi arxivlarda amaliy o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 30 maydagi PF-144-sonli "O‘zbekiston Respublikasi seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni hamda Surxondaryo viloyati Hokimi-Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining 2022 yil 28 yanvardagi B-3-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida “Viloyatdagi iqtisodiyot ob’ektlari, korxona va tashkilotlarning qutqaruv (fuqaro muhofazasi) tuzilmalari shaxsiy tarkibini shahodatlashdan o‘tkazish jadvaliga muvofiq, Surxondaryo viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimidagi arxivlarda amaliy o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi. Tadbirda “Qidiruv-qutqaruv guruhi yo‘riqchi-qutqaruvchisi A.Abdullayev hamda Favkulodda vaziyatlar boshkarmasi FVBE bo‘limi javobgar ijrochisi O.Tojixonovlar suv toshqinlari, ko‘chkilarni paydo bo‘lishi, yerlarning yorilishi, turli texnogen vaziyatlar, zilzila va uning kelib chiqish sabablari, tashqi hududlarda yer silkinishi chog‘ida to‘g‘ri harakatlanish tartib-qoidalari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.