Surxondaryo viloyati talaba-yoshlari davlat arxiviga tashrif buyurdilar.

Surxondaryo viloyati talaba-yoshlari davlat arxiviga tashrif buyurdilar.


2020 yil 27 fevral kuni Surxondaryo viloyat arxivida Termiz davlat universitetining tarix fakultetining 4-kurs talabalari ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi. Viloyat davlat arxivi direktori A.Bo‘riyev tarixchi yoshlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyevning 2017 yil 10-11 fevral kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar va kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan majlis bayonining 10-bandiga asosan Surxondaryo viloyatida 500 ming saqlov sig‘imiga ega bo‘lgan yangi arxiv binosi zamon talablariga mos ravishda qurilganligi, O‘zbekistonda davlat arxivlari tizimi tashkil topganligining 100 yilligi munosabati bilan 2019 yil 5 noyabrda Viloyat davlat arxivining ochilish marosimi bo‘lib o‘tganligi, arxivda yaratilgan shart-sharoitlar haqida so‘zlab berdi. Seminar davomida yosh tarixchilar Viloyat davlat arxivi binosi va hujjatxonalari bilan tanishib chiqdilar. Kelgusida ilmiy ish qilmoqchi bo‘lgan yoshlarga davlat arxivida saqlanayotgan hujjatlar bilan ishlash tartibi tanishtirib o‘tildi. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.


"O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati