TADBIRKORLAR UCHUN EʼLON

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti 2022-yil 30-avgustdagi PQ-364-son qaroriga 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan “OCHIQ MULOQOTI”da belgilangan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 21 bandida Tadbirkorlar uchun biznes jarayonlarida qogʻozbozlikni qisqartirish: Biznes uchun hujjatlarni (shu jumladan arxiv, bank, soliq, statistika sohalarida yuritiladigan yoki tegishli davlat xizmatlarini olishda foydalaniladigan hujjatlarni) qogʻoz shaklida saqlash va davlat idoralariga topshirish amaliyotini tadbirkorlar ishtirokida keng muhokama qilish va toʻliq xatlovdan oʻtkazish belgilangan.

Shu munosabat bilan “Oʻzarxiv” agentligi tomonidan davlat arxivlarida arxiv hujjatlarini topshirishda uchraydigan muammolar va takliflar yuzasidan 2022-yil 23-sentyabr 10-30 dan 12-00 gacha tadbirkorlar ishtirokida OCHIQ MULOQOT oʻtkazilishi rejalashtirildi.

Quyidagi havola orqali oʻz fikr va takliflaringiz bilan ishtirok etishingiz mumkin.

https://us06web.zoom.us/j/81713268005?pwd=UjdmZm01RFpobmtUQVJnV3YyMGkrZz09


Manba : "O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati