TALABA YoShLAR UChUN “VATANIMIZ TARIXI - ARXIV HUJJATLARIDA” MAVZUSIDA EKSKURSIYa O‘TKAZILDI.

TALABA YoShLAR UChUN “VATANIMIZ TARIXI - ARXIV HUJJATLARIDA” MAVZUSIDA EKSKURSIYa O‘TKAZILDI.
O‘zbekiston Milliy arxivi tomonidan «Vatanparvarlik oyligi» doirasida Toshkent davlat sharkshunoslik instituti 2 kurs talabalari uchun “Vatanimiz tarixi - arxiv hujjatlarida” mavzusida ekskursiya tashkil etildi.
O‘sib kelayotgan yosh avlodni ona-Vatanga muxabbat va sadoqat, insoniylik tuyg‘ulariga yo‘g‘rilgan yurtparvar yoshlar etib tarbiyalash, shuningdek, o‘tmish hujjatlari asosida dalillar keltirib, ularda Vatanga ishonch hissini yanada kuchaytirish ekskursiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad bo‘ldi.
Shuningdek, mazkur ekskursiya davomida talabalarga Ikkinchi jahon urushi davrida o‘zbek xalkining g‘alabaga ko‘shgan munosib xissasi va arxiv fondidagi noyob xujjatlardan namunalar namoyish etildi. Ayniqsa, O‘zbekiston Milliy arxivi muzeyining tarixiy hujjatlari va eksponatlari, yurtimizda arxiv tizimi tarixini yoritib beruvchi qiziqarli hujjatlar yoshlarda unitilmas katta taassurotlar qoldirdi.


“O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati