Talabalar uchun hujjatlar koʻrgazmasi.
Joriy yilning 6-sentyabr kuni Zaxiriddin Muxammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti Tarix fakultetida, tarix hamda arxivshunoslik yoʻnalishida taxsil olayotgan talabalar va professor oʻqituvchilar ishtirokida koʻrgazma oʻtkazildi. Koʻrgazma Andijon viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimidagi davlat arxivlarida saqlanayotgan aloxida qimmatli arxiv hujjatlaridan namoyish qilindi.