“Taniqli adib maxfiy hujjatlarni ochiqlashni soʻramoqda” maqolasiga rasmiy munosabat
Bugun Rost24.uz saytida eʼlon qilingan “Taniqli adib maxfiy hujjatlarni ochiqlashni soʻramoqda” maqolasi https://rost24.uz/uz/news/1196yuzasidan “Oʻzarxiv” agentligi tomonidan alohida nazoratga olgan holda xizmat surishtiruvi tayinlandi. Xizmat surishtiruvi natijalari boʻyicha tegishli axborot taqdim etilishi maʼlum qilamiz.
Maʼlumot uchun :
1. Oʻquv zallariga kirish va arxiv hujjatlaridan foydalanish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-noyabrdagi 706-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq bepul amalga oshiriladi. Nizomga koʻra arxiv boshqa foydalanuvchilarning ishlashiga xalaqit bermagan holda shaxsiy texnik vositalaridan (noutbuk, netbuk, diktofon va boshqalardan) foydalanish yoki arxiv texnik vositalarini ijaraga olish huquqiga ega.
Yaʼni arxiv hujjatlaridagi maʼlumotlarni koʻchirib olishi va bu arxiv hujjatlarga keyinchalik oʻz ishlarida havolalar berishi mumkin. Bundan kelib chiqadiki oʻquv zalidan arxiv hujjatlarini olib chiqmagan holda, u yerdagi matni koʻchirib olishga toʻsqinlik yoʻq va arxiv hujjatini elektron nusxasini olishi shart emas.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 5-apreldagi 101-son qarori bilan tasdiqlangan Arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan xizmat koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq “Davlat arxivlari tomonidan koʻrsatiladigan pulli xizmatlarning yagona narxnomasi” tasdiqlangan va “Oʻzarxiv” agentligi rasmiy veb-saytiga joylashtirilgan boʻlib, narxnomaning 3.16.1.1-bandiga koʻra 1917-yilgacha va nostandart Qogʻoz hujjatlardan nusxa tayyorlash 1 varaq uchun Bazaviy hisoblash miqdorining 0,08 barobarida toʻlov amalga oshirilishi belgilangan.
Shu bilan birga, Oʻzbekiston tarixiga oid boʻlgan maʼlumotlarni yoritadigan nashrlarni tayyorlash boʻyicha “Oʻzarxiv” agentligi doimo hamkorlik qilishga va hamkorlik doirasida arxiv hujjatlarini elektron nusxalarini bepul taqdim etish masalasini koʻrib chiqishi mumkinligini maʼlum qilamiz.