“Taraqqiyot strategiyasi” markazi - SAYLOV - 2019” VIDEOROLIKLAR TANLOVIGA START BERILDI!

“SAYLOV - 2019” VIDEOROLIKLAR TANLOVIGA START BERILDI!
15 Okt. 2019 y. "TARAQQIYoT CTRATEGIYaSI" MARKAZI
Konkurs tashkilotchilari: “Taraqqiyot strategiyasi” markazi, Markaziy saylov komissiyasi, Xalqaro matbuot markazi, Xalqaro press-klub, O‘zbekiston EOAVMA

Loyiha maqsadi: Saylov jarayoniga yoshlarni keng jalb etish, huquqiy savodxonlikni oshirish va barchani saylovda ovoz berishga chaqirish.

Ishtirokchilar: Yoshidan qat’iy nazar barcha professional va havaskorlar ijodkorlar qatnashishi mumkin.

Tili: O‘zbek, rus va ingliz tillari

Talablar: Saylov va uning insonlar hayotiga ta’siri haqida kreativ, ta’sirchan va zamonaviy yondashuv aks etgan hamda davomiyligi 2 daqiqagacha bo‘lgan videorolik tayyorlash.

Tanlovga planshet, shaxsiy kompyuter mobil telefon va boshqa vositalar orqali tayyorlangan videoroliklar ham qabul qilinadi.

Format: AVI, MP4, MOV, MPEG.

Janrlar: Tanlovga istalgan janrdagi videomateriallar: sahnalashtirilgan, hujjatli, animatsion, musiqiy va boshqa janrdagi ishlar qabul qilinadi.

Arizalar 2019 yilning 15 oktyabridan 15 noyabriga qadar “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ofisida hamda info@strategy.uz elektron pochtasi va telegramdagi rasmiy kanali t.me/dscuzbekistan orqali qabul qilinadi.

Tanlov nominatsiyalari:


Eng yaxshi sahnalashtirilgan videorolik;
Eng yaxshi animatsion videorolik;
Eng yaxshi informatsion videorolik;
Muxlislar e’tirofini qozongan videorolik.
Mukofot pullari:

1-o‘rin uchun 10 million so‘m;

2-o‘rin uchun 7 million so‘m;

3-o‘rin uchun 5 million so‘m

Tanlovga taqdim etilgan ijodiy ishlar Hakamlar hay’ati tomonidan ko‘rib chiqiladi va baholanadi.