«TARIXGA BIR NAZAR» nomli fotoko‘rgazma hamda kashtachilik, mayda haykaltaroshlik bo‘yicha mahorat darslari tadbiri o‘tkazildi.

O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlar milliy arxivi va O‘zbekiston Amaliy san’at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyi bilan o‘zaro hamkorlikda “Tarixga bir nazar” nomli fotoko‘rgazma hamda kashtachilik, mayda haykaltaroshlik bo‘yicha mahorat darslari tadbiri o‘tkazildi. 

Fotoko‘rgazmada milliy ustalarning hunarmandchilik tarixiga oid eng sara fotosuratlari namoyish uchun qo‘yildi. Ko‘rgazma nafaqat mahalliy aholiga, balki tashrif buyurgan chet ellik sayyohlarda ham katta qiziqish uyg‘otdi. 

Tadbirlar G‘ijduvon kulolchilik san’ati namoyondalari Narzullayevlar sulolasi vakili Dilnoza Narzullayeva tomonidan keng ommaga targ‘ib etilmoqda.
 


Manba : "O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati