“Tashkent Law Spring” IV Xalqaro yuridik forumi
“Tashkent Law Spring” IV Xalqaro yuridik forumi doirasida turli mavzularda sessiyalar bo‘lib o‘tdi.
2025-yil 29-30-may kunlari Toshkent shahridagi Trilliant mehmonxonasida oʻtkazilayotgan “Tashkent Law Spring” IV Xalqaro yuridik forumi doirasida “BMT tashkil topganligining 80 yilligi va uning ishidagi Oʻzbekiston ishtiroki” mavzusidagi arxiv hujjatlari koʻrgazmasiga Oʻzbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi saqlovidagi Oʻzbekistonni BMT bilan aloqalariga doir ochiq turdagi arxiv hujjatlari ko‘rgazmasi hamda Oʻzbekiston arxiv ishi tizimida amalga oshirilgan islohotlar tizimi elektron shaklda namoyish etildi.
Xalqaro yuridik forumi ochilish marosimida Agentlik direktori hamda arxivchilar ishtirok etdi.