Til-millat ko‘zgusi
“O‘zarxiv” agentligining 2020 yil 8 sentyabrdagi 01-27/701-sonli xatiga asosan, joriy yilning 21 oktyabrida “O‘zbek tili bayrami kuni”ni keng miqyosida nishonlash belgilanmoqda. Shu munosabat bilan bugun 2 oktyabr kuni O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivida “Til – millat ko‘zgusi” shiori ostida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Davra suhbatida “O‘zarxiv” agentligi direktori maslahatchisi Sh.M.Tursunbayev O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirining maslahatchisi O.R.Jamoliddinova va shu ta’lim vazirligining ma’naviy-ahloqiy, tarbiya ishlari bo‘yicha maslahatchisi D.A.Soliho‘jayeva ishtirok etdilar. Suhbat davomida o‘zbek tilining tarixdan to bugungi kungacha ijtimoiy, siyosiy, madaniy va ma’rifiy ahmiyati borasidagi fikrlar ilgari surildi, qiziqarli mavzuga oid savol-javoblar bilan suhbat yanada ko‘tarinki ruhda o‘tdi.