Tojikiston Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Raxmonzoda Abdudjabbor Aziz “Oʻzarxiv” agentligiga tashrif buyurdi

Tojikiston Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Raxmonzoda Abdudjabbor Aziz va “Oʻzarxiv” agentligi direktori Yusupov Ulugʻbek Mirtalibovich bilan joriy yil 8-aprelda Oʻzbekiston Milliy arxivida ishchi uchrashuv tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvda: “Oʻzarxiv” agentligidan - direktor U.Yusupov, Xalqaro aloqalar boʻyicha bosh mutaxassis D.Dadayeva va Oʻzbekiston Milliy arxivi direktori D.Zakirova; Tojikiston Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasidagi Elchixonasidan - Favqulodda va Muxtor Elchi A.Raxmonzoda hamda Attashe Z.Zarifzoda ishtirok etdilar.

Uchrashuv chog‘ida “O‘zarxiv” agentligi va Tojikiston arxivlari o‘rtasida arxiv sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. O‘zbekiston tarixi va madaniyatini, arxiv hujjatlarini Tojikiston arxivlarida targ‘ib etish, hujjatlarni raqamlashtirish, qo‘shma ko‘rgazmalar va nashrlar tashkil etish, arxivlarda tadqiqotchilarga koʻmak koʻrsatish bo‘yicha hamkorlikdagi masalalar kun tartibining asosiy mavzusi sifatida ko‘rildi.

Tashrif so‘ngida arxiv muzeyi va ko‘rgazmalar zalida qiziqarli ekskursiya uyushtirilib, xorijiy mehmonlar muzeydagi noyob arxiv hujjatlari va eksponatlari bilan tanishtirildi. Arxivdagi shart-sharoitlar xorijlik mehmonlarda katta taassurot qoldirdi, kelgusida hamkorlikni yanada rivojlantirish rejalashtirildi.


Manba : “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati