#mustaqillik #nezavisimost #suverenitet #xujjat #dokument Topvoldiyev Tavakkal Temirovich 1934 yilda Andijon viloyati
Shahrixon tumanida tug‘ilgan, oliy ma’lumotli, muxandis-gidrotexnik mutaxassisligiga ega. U o‘z mehnat faoliyatini 1957 yilda Andijon viloyati sug‘orish boshqarmasida muxandis-meliorator vazifasidan boshlagan. Mustaqillik yillariga qadar qator rahbarlik lavozimlarida ishlagan. 1965 yili Bo‘z (xozirgi Bo‘ston) tumani tashkil etilgandan so‘ng, T.Topvoldiyev tuman partiya ko‘mitasining II- kotibi, 1971 yilning noyabr oyidan I-kotibi vazifasida ishladi. 1974 yilda Komsomolobod rayoni (hozirgi Ulug‘nor tumani) tashkil etilgandan so‘ng tumanda yetakchi rahbar sifatida faoliyat ko‘rsatdi. 1979-1985 yillarda Jalaquduq tumanining ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy yuksalishiga munosib xissa qo‘shdi. Tumanning adir xududlaridagi yer maydonlari o‘zlashtirilib, “Gulbaxor” nomli suv nasos stansiyasi 1982 yili qurildi va sug‘orish ishlari amalga oshirdi. 1996 yildan 2016 yilga qadar O‘zbekiston fahriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi viloyat bo‘limi Kengashining raisi lavozimida muvafaqiyatli ishlab keldi. T.Topvoldiyev viloyatimiz fahriylari orasida katta hurmatga sazovor bo‘lgan inson. Uning xizmatlari davlatimiz tomonidan yuksak baxolanib, “Do‘stlik” va “El-yurt hurmati” ordenlari va “O‘zbekiston qahramoni” unvoni berilib, oliy nishon “Oltin Yulduz” medali hamda bir qancha medallar bilan taqdirlangan. ASOS: Andijon viloyati Shaxrixon tumani davlat arxivi. fond-317, s.b-3. Andijon viloyati Arxiv ishi hududiy boshqarmasi tomonidan taqdim etilgan materiallar asosida tayyorlangan.
"Yagona va Ishonch telefoni" xizmatidan qoniqdingizmi?
Notes to administration (optional):