Toshkent Fotosuratlar uyida "Mo‘ynoq: kecha, bugun, ertaga" nomli fotoko‘rgazma tashkil etdi.
"O‘zarxiv" agentligi Ekologik targ‘ibot guruhi tomonidan Toshkent Fotosuratlar uyida O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi saqlovidagi Orol dengizi va Mo‘ynoq atrof muhitiga oid fotohujjatlardan iborat "Mo‘ynoq: kecha, bugun, ertaga" nomli fotoko‘rgazma tashkil etdi.
Fotoko‘rgazmada Arxiv ishi hududiy boshqarmalari boshliqlari, viloyat davlat arxivlari rahbarlari, O‘zbekiston milliy arxivlari xodimlari ishtirok etdi.
Fotoko‘rgazma O‘zbekiston Badiiy akademiyasi va O‘zbekiston milliy axborot agentligi hamkorligida tashkil etildi. Ushbu fotoko‘rgazma aholining ekologik madaniyatini shakllantirish va yuksaltirishga xizmat qiladi.