Toshkent shahar markaziy davlat arxivida "Ochiq eshiklar kuni" tashkil etildi.

Toshkent shahar markaziy davlat arxivida "Ochiq eshiklar kuni" tashkil etildi.

Joriy yil 3-iyun kuni Toshkent shahar markaziy davlat arxiviga Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti Tarix fakulteti talabalari tashrif buyurib, arxivdagi mavjud shart-sharoitlar, hujjatlar saqlovxonalari, hujjatlarning saqlanish tartibi, ularni taʼmirlash jarayonlari hamda raqamlashtirish ishlari bilan yaqindan  tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Shuningdek, talabalar arxiv sohasida olib borilayotgan islohotlar bilan yaqindan tanishdilar va ushbu tadbir ularda arxiv sohasiga bo‘lgan qiziqishlari ortishiga xizmat qildi. Tanishtiruv davomida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan koʻplab savollarga javob oldilar.


Manba : “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati