Toshkent shahar markaziy davlat arxivida seminar va press-tur o'kazildi
Mavzu: “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da davlat arxivlarida amalga oshirilayotgan islohotlar, arxiv ishi va ish yuritish holati” mavzusida Press-tur
O‘tkazish vaqti: 2023 yil 25 aprel, soat 10:00da
O‘tkazilish joyi: Toshkent shahri, Toshkent shahar markaziy davlat arxivi.
Tadbir tashkilotchisi: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi.
2023-yil 25-aprel kuni Toshkent shahridagi davlat arxivlarida amalga oshirilayotgan islohotlar va “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” da arxiv ishi va ish yuritish holati” mavzusida Press-tur o‘tkazildi.
Press-tur jarayonida jurnalist va blogerlar Toshkent shahar markaziy davlat arxivida bo‘ldilar.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi axborot xizmati rahbari Anvarjon Aliev Toshkent shahri hamda Respublikadagi davlat arxivlarida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot berib bordi.
Dastlab jurnalistlar Toshkent shahar markaziy davlat arxivida davlat saqlovidagi arxiv hujjatlari va fotoko‘rgazma bilan tanishdi. Toshkent shahar markaziy davlat arxivi katta inspektori To`xtayeva Iroda tomonidan davlat arxivida hujjatlar saqlanishini ta’minlash yuzasidan olib borilayotgan ishlar, arxivda hujjatlarni raqamlashtirish jarayoni, Milliy arxiv fondining Davlat katalogini yuritish ishlari, arxivda tashkilotlar hujjatlariga ilmiy texnik ishlov berish jarayoni bilan tanishtirildi.
Press-tur doirasida Toshkent shahar markaziy davlat arxivida, davlat arxivi bo`lim boshlig`i Sh.Xashimova tashkilotlar hujjatlarini tartibga keltirish jarayoni bilan tanishtirdi.
Press-tur davomida Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i D.L.Kucharovaning 2022-yilda davlat arxivlarida amalga oshirilgan islohotlar hamda 2023-yilda belgilab olingan rejalar yuzasidan axboroti tinglandi.
Press-tur davomida Toshkent shahri markaziy davlat arxivi hududida qurilayotgan Аngаr ko`rinishidagi zamonaviy saqlovxonalar yuzasidan ma’lumotlar taqdim etildi.
Press-tur yakunida O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirining matbuot kotibi, axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sevara O‘rinboyeva ishtirokida “O‘zarxiv” agentligi faoliyatini jamoatchilikka hamda ommaviy axborot vositalariga yoritib borish yuzasidan seminar-trening o‘tkazildi.
Tadbirda, Adliya vazirligi, “O‘zarxiv” agentligi, Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati, Toshkent shahar axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi, ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalist va blogerlar ishtirok etdilar.
Tadbirni yoritishda yaqindan yordam bergan ommaviy axborot vositalari vakillariga Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmasi tomonidan minnatdorchilik bildiriladi.
“O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati
tel.: (+998) 97-149-70-27 , 55-50-301-50 (3) archive.uz
Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimidagi davlat arxivlarida 2022-yilda amalga oshirilgan islohotlar hamda 2023-yilda belgilab olingan rejalar
Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimida bugungi kunda 2 ta davlat arxivlari tomonidan arxiv xizmatlari ko‘rsatib kelinmoqda.
Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmasi va uning tizimidagi davlat arxivlarida jami 72 ta xodimlar faoliyat yuritib kelayotgan bo‘lsa shundan, 22 nafar erkaklar, 59 nafarini ayollar tashkil etadi. Shundan 30 yoshgacha bo‘lgan hodimlar 14 nafar yoshlarni tashkil etadi.
Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmasi va uning tizimidagi davlat arxivlari 64ta kompyuter to‘plamlari, 28ta printer, 10ta zamonaviy skanerlar hamda 2ta server bilan jihozlangan.
Jismoniy va yuridik shaxslarga qulayliklar va tegishli shart-sharoitlar yaratish maqsadida davlat arxivlarida alohida fuqarolarni qabul qilish xonalari mavjud.
Ish jarayonini samarali tashkil etish maqsadida internet tezligini oshirish uchun davlat arxivlari optik tolali aloqa liniyalariga ulangan.
Bugungi kunda Toshkent shahar markaziy davlat arxivida 4023 ta fondda 2 mln. 3 ming 719 saqlov birligidagi hujjatlar saqlanmoqda. Shundan Milliy arxiv fondiga oid hujjatlar 393 ming 383 saqlov birligini, shaxsiy tarkib hujjatlari 1 mln. 602 ming 514 saqlov birligini, hamda vaqtincha saqlovdagi hujjatlari 7 min 822 saqlov birligini tashkil etadi.
Toshkeknt shahar arxiv ishi hududiy boshqarmasining Ekspert tekshiruv komissiyasi tomonidan davlat arxivining asosiy jamlash manbai bo‘lgan Toshkent shahridagi 98 ta tashkilot, korxona va muassasalarning ichki normativ hujjatlari (Yig‘majildlar nomenklaturasi, Ish yuritish yo‘riqnomasi, Ekspert komissiyasi nizomlari, Idoraviy arxiv nizomlari) ko‘rib chiqilib, kelishib berildi.
Shuningdek, 2022-yil davomida qog‘oz asosidagi alohida qimmatli hujjatlarni aniqlash va ularning elektron nus’halarini yaratish ishlarini olib borishda arxivlarda alohida qimmatli hujjatlardan 1075 saqlov birligidagi 259 117 ta kadrdan iborat hujjatlarning elektron nusxalari yaratilib, hozirgi kunda arxiv hujjatlarining 9 144 saqlov birligida 1 155 112 ta kadr elektron hujjatlar bazasi shakllantirilib, “O‘zarxiv” agentligi tomonidan joriy etilgan (e.archive.uz) elektron tizimiga bosqichma-bosqich kiritilib borilmoqda.
Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmasi va uning tizimidagi davlat arxivlarida 2020-yil noyabr oyidan boshlab yagona elektron hujjat aylanish (arxiv.ijro.uz app.ijro.uz) tizimi joriy etildi.
Fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-avgustdagi “Arxiv ishi va ish yuritish sohasida davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ayrim ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 495-sonli qaroriga asosan Ish haqi va ish stajini tasdiqlash haqida arxiv ma’lumotnomasini berish xizmatini Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshirish yo‘lga qo‘yildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-sentabrdagi “Arxiv ishi va ish yuritish sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ayrim ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 597-sonli qarorining 1-ilovasiga asosan “Yaroqsiz holatga kelgan yoki yo‘qotilgan mehnat daftarchasidagi yozuvlarni tasdiqlash bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti” va 2-ilovasiga asosan “Mavzuli so‘rovlarni ijro etish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglament”lariga muvofiq “O‘zarxiv” agentligi tomonidan yaratilgan (my.archive.uz) elektron tizimi davlat xizmatlari (my.gov.uz) tizimiga integratsiya qilinib, hozirgi kunda fuqarolarga elektron arxiv ma’lumotnomalari taqdim etilmoqda.
Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmasi va uning tizimidagi davlat arxivlarida Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari ijrosini ta’minlash bo‘yicha 2022-yil davomida jami 65 043 ta, shundan 62 643 ta ijtimoiy- huquqiy, 2 363 ta mavzuli so‘rovlar kelib tushdi. So‘rovlar belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqildi.
Shundan 63 nafar fuqarolarga davlat arxivlari tomonidan bepul arxiv xizmati ko‘rsatildi.
Davlat arxivlarining o‘quv xonalarida 2022-yilda 59 nafar tadqiqotchilar ish olib bordilar, ularga 7045 saqlov birligidagi hujjatlar taqdim qilindi.
2016-yilda Toshkent shahar, Uchtepa tumani, Istirohat ko‘chasi, 14-uyda joylashgan Toshkent shahar markaziy davlat arxiviga moslashtirilgan bino rekonstruktsiya qilinib foydalanishga topshirildi.
2019-yilda Toshkent shahar markaziy davlat arxivi tomonidan 15 ta zamonaviy mobil javon sotib olinib, o‘rnatildi.
Shuningdek, Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i tomonidan “O‘zarxiv” agentligi direktori tomonidan tasdiqlangan Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘ining 2022-yilda jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish bo‘yicha shaxsiy sayyor qabuli jadvaliga muvofiq davlat arxivlarida sayyor qabullar o‘tkazilib, jami 19 fuqarolarni murojaatlari ko‘rib chiqilib, tegishli tartibda hal qilindi.
2022-yilda Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmasi va uning tizimidagi davlat arxivlaridan jami 23 nafar rahbar va xodimlar malaka oshirish kurslarida ishtirok etdilar.
Joriy yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-iyundagi PQ-5157-sonli qaroriga muvofiq birgina Toshkent shahrida arxiv sohasida faoliyat yuritib kelayotgan 5 yildan ortiq ish stajiga ega bo‘lgan 3 nafar o‘rta-maxsus ma’lumotga ega xodimlar Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti tarix fakulteti arxivshunoslik yo‘nalishiga suhbat asosida o‘qishga qabul qilindilar.