TOShKENT ShAHRI, TOShKENT VILOYATI VA SIRDARYO VILOYATI ARXIVChILARI O‘RTASIDA "AGENTLIK KUBOGI" HUDUDIY BOSQIChI O‘TKAZILDI

 

Joriy yilning  11 mart kuni Toshkent shahar markaziy davlat arxivida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-son Farmoni ijrosi doirasida 2021 yil “Navro‘z” umumxalq bayrami arafasida milliy urf-odatlarimiz, asriy an’analarimizni yod etgan holda yoshlar ishtirokida barcha davlat arxivlarida arxivchilar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, ularning sport bilan muntazam shug‘ullanishlarini ta’minlash maqsadida “Agentlik kubogi” sport musobaqalarining hududlararo guruhlarda saralash bosqichi  “V” guruhida sport o‘yinlari o‘tkazilib, unda  Toshkent shahar, Toshkent viloyati va Sirdaryo viloyatlari arxivchilari bellashdilar.
Bellashuvlarga  “O‘zarxiv” agentligi “Sport targ‘ibotchisi” J.Ummatov  bosh hakamlik qildi.
Bellashuv natijalariga ko‘ra, jamoaviy  kurashda Toshkent viloyati arxivchilari g‘olib deb  topildilar.
Sport musobaqalari davom etmoqda...


Manba : "Ўзархив" агентлиги Ахборот хизмати