Toshkent shahrida arxiv ishini rivojlanishi bosqichlari.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘tmishi yo‘q halqning kelajagi ham yo‘qdir” degan iboralari biz arxivchilarni doimo ma’naviy ruhlantiradi. 

Toshkent shahar davlat arxivi Kirov kolxoz klubida joylashtirilgan edi. Mustaqillik yillarida Toshkent shahrida arxiv muassasalari 3 binoga ega bo‘lishi eng katta yutuqlardan biri hisoblanadi. Toshkent shahar Hokimiyatining tegishli qarorlari bilan 1996 yil Hamza tumanidagi bino, 2009 yil Uchtepa tumanidagi va 2015 yil esa Mirobod tumanidagi bino tassarufga berilishi arxiv hujjatlari saqlovxonasi maydonlarini kengaytirish uchun xizmat qildi.

Davlat byudjeti tomonidan Milliy arxiv fondi hujjatlari saqlovi sharoitlarini yaxshilash, arxivchi xodimlar shtati sonini oshirish, arxivlarning moddiy texnika bazasini rivojlantirish uchun mablag‘lar ajratildi. Toshkent shahar Arxiv ishi xududiy boshqarmasi tizimidagi arxiv muassasalari faoliyatida tashkilotlardan arxiv hujjatlarini saqlovga olish, yuridik va jismoniy shaxslarni murojaatlarini bajarish, hujjatlarga ilmiy-texnikaviy ishlov berish va 20 ortiq ish turlari xizmati sifatining o‘sishi va pulli xizmatlar daromadlarini ortishiga erishilmoqda. Hozirgi kunda Toshkent shahar arxiv muassasalarida 90 ortiq xodimlar ishlamoqda, ularning qirq foizidan ortig‘ini shijoatli yoshlar tashkil etadi. 

Toshkent shahar Markaziy davlat arxivi fondlari to‘g‘risida yo‘lko‘rsatkichlar 2 qismdan iborat bo‘lib, 1917-2008 yillarni o‘z ichiga oladi. Fondlarning axborot bazasi muntazam ravishda elektron tarzda to‘ldirib boriladi. Arxiv ishi boshqarmasining internet saytidadagi arxivlar faoliyati to‘g‘risida ma’lumotlar beriladi. Arxiv muassasalariga Yagona davlat xizmatlari interaktiv portali orqali murojaatlar soni ortib bormoqda. Mustaqillik yillarida AQSh,Germaniya, Fransiya, Italiya, Gretsiya, Yaponiya, Koreya davlatlari va MDH mamlakatlari fuqarolarini turli mavzularda so‘rovlari ijrosi bepul bajarib borilmoqda.

Arxiv ishiga doir halqaro va respublika doirasidagi konferensiyalar, ilmiy anjumanlar va tadbirlarda vakillarimizning doimo ishtiroki ta’minlanib kelinadi.
 So‘nggi  yillarda  arxiv  sohasida axborot texnologiyalarini joriy etish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Bu borada Toshkent shahar Arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimidagi arxiv muassasalarida ibratli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, Toshkent shahar Markaziy davlat arxivi tomonidan  sohaviy kompyuter dasturlari ishlab chiqish, joriy etish, axborot xavfsizligini ta’minlash va Axborot Komunikatsiya Texnologiyalari jihozlarini sotib olish. O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlari jamlash, davlat hisobiga olish, saqlash va ulardan foydalanish ishlarini yanada yaxshilashga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Toshkent shahar Markaziy davlat arxivining Uchtepa tumanidagi binosida rekonstruksiya, kapital ta’mirlash va moddiy jihozlash ishlari olib borildi. Mazkur binoda 600 ming saqlov birligida  O‘zR MAF hujjatlarining davlat saqloviga qabul qilish imkoniyati yaratildi. Mazkur binoda eng avvalo jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish xonasi, ilmiy tadqiqotchilar (foydalanuvchilar) uchun o‘quv zali, alohida qimmatli hujjatlarni elektron shakllarga o‘tkazib raqamlashtirish xonalari, arxiv hujjatlariga yetkazilgan jismoniy zararlarni tiklash va ta’mirlash ustaxonasi, va eng asosisiy arxiv saqlov xonalarida innovatsion mobil stelajlar o‘rnatildi hamda kelgusida mobil stelajlar sonini ko‘paytirib sig‘imdorlikni yaratish maqsad qilindi. Binoda qo‘riqlov va yong‘in xavfsizligini ta’minlash tizimi, hujjatxonalarda havo xarorati va namlik me’yorlarini saqlash ishlari tashkil etuvchi jihozlar o‘rnatildi xamda yana bir qator ishlar rejalashtirildi.

O‘zbekiston Respublikasi “Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi Qonunning 15-moddasida Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining faoliyati to‘g‘risidagi axborotni axborot-kutubxona va arxiv fondlari orqali taqdim etish belgilab qo‘yilganligini inobatga olib, shahar va tumanlardagi tegishli  tashkilotlarning o‘tgan hisobot yiliga oid faoliyati to‘g‘rsidagi axborotlarni elektron ko‘rinishida taqdim etilayotganligi bu esa kelgusida elektron arxivdan to‘laqonli foydalanish uchun barchaimkoniyatlardan foydalangan xolda, tizimli ma’lumot almashuvini, xujjatlar aslidagi raqamlashtirilganligini va zamonaviy inovatsiyani tushirish ko‘zda tutilganligini bildirib o‘tamiz.

Shu bilan birga arxiv sohasida bir qancha Qonun, qaror, farmonlar qabul qilinmoqda. 2010 yil 15 iyunda O‘zbekiston Respublikasining “Arxiv ishi to‘g‘risida” Qonuni, Vazirlar Maxkamasining  2012 yil 5 apreldagi 101-sonli Arxiv ishini takomillashtirish to‘g‘risidagi qaror, 2019 yil 20 sentyabrdagi O‘zarxiv agentilgining arxiv ishi va ishi yuritishni takomillashtirig chora-tadbir  to‘g‘risidagi 5834 –sonli Prezident farmoni qabul qilinganli, Bular hujjatlarni jamlash, ularning hisobini olib borish, hujjatlardan foydalanish va saqlashga bo‘lgan talablardir. Qonun, qaror farmonlar qabul qilingandan keyingi ishlar ko‘lami tabiiyki, yanada ko‘paydi, qonunosti hujjatlarni qabul qilish, tegishli normativ-huquqiy va normativ-uslubiy bazani shakllantirishga qaratilgan ishlar olib borilmoqda.  

Toshkent shahar Arxiv ishi hududiy
boshqarmasi bosh mutaxassisi
Iroda Toxtayeva


Manba : "Ўзархив" агентлиги Ахборот хизмати