Toshkentda Gender iqtisodiyoti bo‘yicha Xalqaro yozgi maktab bo‘lib o‘tdi
2019 yil 2-6 iyul kunlari Toshkentda Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (EXHT) O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori, EXHT huzuridagi Norvegiya doimiy vakolatxonasi, Sapiensa universiteti (Italiya), O‘zbekiston Milliy universiteti va Toshkent moliya instituti bilan hamkorlikda Gender iqtisodiyoti bo‘yicha Xalqaro yozgi maktab bo‘lib o‘tdi.
Ushbu o‘quv amaliy seminarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi xodimi Muxamedjanova Madina faol ishtirok etdi.
O‘quv vaqti davomida ma’ruzalar Rim Sapiensa universiteti professorlari Marchella Korsi, Djuliya Zakchiya va Susanna Levantesi tomonidan o‘tkazildi. Ular “Gender statistikasi: Evropa Ittifoqi va O‘zbekistonning qiyosiy tahlili” va “Moliyashtirishda gender kamchiliklari» kabi mavzularini yoritib berdi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i Zoyir Yo‘ldoshev, O‘zbekiston Milliy universiteti dotsenti Dildora Tadjibaeva va Toshkent moliya instituti professori Sharbat Abdullaevalar o’z ma’ruzalari bilan chiqish qildilar. Xalqaro yozgi maktab natijalariga ko‘ra, har bir qatnashchi sertifikat bilan taqdirlandi.