Tuman arxivining yangi binosi qurilmoqda
Tuman arxivining yangi binosi qurilmoqda
Surhondaryo viloyati Sherobod tuman davlat arxivining 200ming saqlov birligidagi xujjatlarni saqlashga mo‘ljallangan yangi binosi qurilishi jadal davom ettirilmoqda. Qurilishni Angor tumanidagi Ro‘ziboy Choriyev boshchiligidagi “Xusniddin Chori” xususiy korxonasi quruvchilari olib bormoqda.
Quruvchilar tomonidan arxiv binosi qurilishini joriy yil yakuniga qadar yakunlash mo‘ljallanmoqda.
Arxivning xozirgi binosi 1930-yilda xom g‘ishtdan qurilgan bo‘lib, arxiv xujjatlarini saqlash talablariga javob bermasdan qolgan. Yangi bino maxsus loyiha asosida zamonaviy qurilish materiallaridan barpo qilinmoqda.
Qurilish natijasida Sherobod tuman davlat arxivida xujjatlar saqlovi tubdan yaxshilanadi.
Agentlik Axborot xizmati