Turkiyalik mutaxassislar bilan uchrashuv.
Joriy yilning 16 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Ilmiy texnika va tibbiyot hujjatlari markaziy davlat arxivida Nil Baydar xonim boshchiligidagi Turkiya mutaxassislaridan iborat delegatsiya bilan “O‘zarxiv” agentligi Bosh direktori U.M.Yusupov uchrashuvi o‘tkazildi. Uchrashuvda shuningdek markaziy davlat arxivlari rahbarlari B.Ahmedov, D.Zakirovalar ham ishtirok etdilar. Uchrashuv davomida Turkiyalik mehmonlar arxiv faoliyati bilan yaqindan tanishdilar hamda “O‘zarxiv” agentligi bilan xalqaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama etildi.
Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi - TIKAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tashabbusi bilan Abu Rayxon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti hamkorligida shu yilning 17-19 va 22-27 aprel kunlari “Qo‘l yozma asarlarni saqlash va ta’mirlash” bo‘yicha o‘quv amaliy kursi tashkil etilib, kursda Turkiyalik mutaxassislar ishtirok etishmoqda.