“Ular Germaniyada oʻqigan edilar”









Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyida XX asrning birinchi yarmida qatagʻonga uchragan vatandoshlarimiz xotirasi va 18-may “Muzeylar kuni”ga bagʻishlab Turkistonlik talabalarning Germaniyaga tahsil olish uchun yuborilganligi 100-yillik sanasi munosabati bilan “Ular Germaniyada oʻqigan edilar” nomli koʻrgazmasi tashkil etildi. Koʻrgazmada mavzuga oid ilmiy uchrashuvlar, maʼruzalar, kitoblar taqdimoti va Oʻzbekiston Kinofotofono hujjatlar milliy arxivining foto hujjatlari namoyish qilindi.


O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati
O'zbekiston Respublikasi Xukumat portali
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi