Ulug‘nor tuman idoralararo xo‘jalik hisobidagi shaxsiy tarkib hujjatlari arxivi boshqa binoga ko‘chirildi.
Viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimidagi Ulug‘nor tuman idoralararo xo‘jalik hisobidagi shaxsiy tarkib hujjatlari arxivi boshqa binoga ko‘chirildi.
Shu munosaati bilan boshqa binoga ko‘chgan tuman shaxsiy tarkib hujjatlari arxiviga yordam berish uchun boshqarma tomonidan viloyat shahar, tuman arxiv muassasalari xodimlari ishtirokida xashar uyushtirildi.
Xashar qatnashchilari asosan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 5 aprel 101-sonli qarorida belgilangan talablar asosida binodagi hujjat saqlovxonani jixozlash, arxivdagi hujjatlarni tartibga keltirish va saqlovini ta’minlashni tashkil etishda amaliy yordam ko‘rsatdilar.
Shu bilan birga, mazkur binoda ta’mirlash va jixozlash ishlari davom etmoqda.