“Umr daftari”

Buyuk bastakor va dirijyor, halq artisti, davlat va halqaro mukofotlar sovrindori, pedagog va jamoat arbobi Muxtor Ashrafiy tavalludiga 110-yil toʻlishi hamda uy-muzeyi tashkil etilganligiga 40 yil toʻlishi munosabati bilan uning porloq xotirasiga bagʻishlab madaniy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etish davom etmoqda. Kompozitor M.Ashrafiy mehnat faoliyati olib borgan A.Navoiy nomidagi Akademik opera va balet teatri, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi, Oʻzbekiston Bastakorlari uyushmasi va boshqa sanʼat maskanlarida ijodiy kechalar oʻtkazilib, ularda M.Ashrafiy oila aʼzolari, uning shogirdlari va taniqli sanʼatkorlar tomonidan konsertlar va spektakllar namoyish etilmoqda. Oʻzbekiston Kinofotofono hujjatlar milliy arxivida bastakor M.Ashrafiy hayoti va ijodi aks etgan audiovizual arxiv manbalari saqlanib kelinmoqda. Muxtor Ashrafiy uy muzeyida OʻzMTRK-ning “Madaniyat va maʼrifat” telekanali “Umr daftari” telekoʻrsatuvini suratga olish jarayonlari boʻlib oʻtdi.


Manba : "O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati