Umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi
Navro‘z umumxalq bayramini munosib nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish, xalqimiz orasida milliy qadriyatlarimizga xos bo‘lgan o‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlikni yanada kuchaytirish, beg‘araz yordam, mehr-muruvvat kabi ezgu fazilatlarni yuksaltirish, arxiv binolari atrofini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqat va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida ko‘zda tutilgan vazifalarni bajarish hamda Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 2 martdagi 208-f-son farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 11-12 mart kunlari “O‘zarxiv” agentligi tizimidagi arxiv muassasalarida umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi.
Mazkur xayriya xashari davomida arxiv binolari, ular atrofidagi ariqlar, ko‘cha va yo‘laklarni tartibga keltirilib, arxiv binolari artofida gul ko‘chatlari, mevali va manzarali daraxtlar ekildi hamda bo‘sh yerlarda bog‘lar barpo etish, daraxtlarni oqlash va butash ishlari amalga oshirildi.
Joylarda obodonlashtirish ishlari o‘tkazilishi jarayonida to‘plangan qurilish va maishiy chiqindilarni mahalliy hokimliklar va boshqa mutasaddi idoralar tomonidan tashkiliy ravishda alohida belgilangan joylarga olib chiqildi.
Agentlik va uning tizimidagi arxiv muassasalarida 2017 yil mart-aprel oylarida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish oyligi deb e’lon qilindi.
Agentlik Axborot xizmati