“USTOZ-ShOGIRD” AN’ANASI – ARXIVLAR AMALIYOTIDA.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tuman XTB ga qarashli 7-sonli maktabning 9-10-sinf o‘quvchilarini “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Kasblar oyligini tashkil etish va o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish” yuzasidan “Arxivshunoslik” kasbi bilan tanishtirish maqsadida Qo‘ng‘irot tuman davlat arxiviga uyushtirilgan sayohat to‘g‘risida.
Xalqimizda "Ustoz ko‘rmagan shogird har maqomga yo‘rg‘alar" degan ibratomuz hikmat bor. Unda milliy va xalqona qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lib, asrlar osha o‘z qadr-qimmatini yo‘qotmay kelmoqda. Ustoz – shogirdning tarbiya tayanchi, u hunarga, kasbga, bilim olishga o‘rgatadi, tafakkur va dunyoqarashini shakllantiradi, yo‘llanma va ko‘rsatma beradi, kamchiliklarini bartaraf etadi. Shogirdni mutaxassis darajasiga yetkazish uchun ustozning kasbiy ko‘nikmasi, malaka va tajribasi yetarli bo‘lishi talab etiladi. Bir so‘z bilan aytganda, ustoz o‘z kasbining mohir bilimdoni, ilmiy va ma’naviy yetuk inson bo‘lishi lozim. Bugunga kelib, "Ustoz-shogird" an’anasi hayotimizning barcha jabhalarida tatbiq etilib, kadrlar kamolotida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Vatan taraqqiyotiga hissa qo‘shish, yuksak kamolotga erishish yo‘lida ezgu ishlarni amalga oshirish; oldinga siljish barchamiz, ayniqsa, yosh avloddan faollik talab qiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tuman XTB ga qarashli 7-sonli maktabning 9-10-sinf o‘quvchilarini “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Kasblar oyligini tashkil etish va o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish” yuzasidan “Arxivshunoslik” kasbi bilan tanishtirish maqsadida joriy yil fevral oyida Qo‘ng‘irot tuman davlat arxiviga sayohat uyushtirildi.
Sayohat davomida Qo‘ng‘irot tuman davlat arxivining malakali xodimlari o‘quvchilarni “Arxivshunoslik” kasbining sirlari, ish jarayonlari, hujjatlarning saqlanish tartibi bilan tanishtirdi. O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan mutaxassislarga murojaat qilib, sayohat davomida ijobiy taassurotlarga ega bo‘lish bilan birga, bir qancha bilim, ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Arxiv ishi boshqarmasi.