“Ustozlar hurmati - ajdodlar merosi”
Oʻzbek kinematografiyasining buyuk vakili, piru-ustoz, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi, davlat va halqaro mukofotlar sovrindori, kinorejissyor, ssenarist Ali Xamrayev 2022-yil oktyabr oyida Toshkent shahriga safari davomida Oʻzbekiston Kinofotofono hujjatlar milliy arxivi direktori Alijon Mahkamov bilan oʻzaro uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Hozirda, Italiya Respublikasida istiqomat va erkin ijod qiluvchi A.Xamrayev yurtimizdagi kino va teatr, madaniyat va sanʼat vakillari bilan doimo muloqotlar qiladi, ularga ustozlik qiladi va kasbiy ijodlarini baholab boradi. Oʻzbek kinomuxlislari uning filmografiyasida “Yettinchi oʻq”, “Favqulodda komissar”, “Inson qushlar ortidan boradi”, “Vodillik kelin”, “Dilorom”, “Laylak keldi, yoz boʻldi”, “Kim jinni”, “Tansoqchi”, “Qizil qumlar”, “Shijoat”, va boshqa oʻttizdan ortiq badiiy filmlarini sevib tomosha qilishadi. Halqaro kinofestivallar “Kumush tovus” (Hindiston), San-Remo (Italiya) sovrindori, halqaro va milliy kinofestivallarning jyuri tarkibida faoliyat olib boradi. Uchrashuv chogʻida kinorejissyor A.Hamrayev soʻnggi yillarda oʻzi yaratgan beshta hujjatli filmlarni Oʻz.KFFH MA davlat saqloviga topshirishi oʻzaro kelishib olindi.