"O‘zarxiv" agentligi MDH mamlakatlari - davlat arxivlari idoralari rahbarlari Maslahat kengashi ishtirokchilarining navbatdagi 16-yig‘ilishida onlayn ishtirok etdi.

Bugun videokonferens aloqa orqali Qirg‘iziston Respublikasi tashkilotchiligida MDH mamlakatlari - davlat arxivlari idoralari rahbarlari Maslahat kengashi ishtirokchilarining navbatdagi 16-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

 

Mazkur masofaviy tadbirda "O‘zarxiv" agentligi direktori Ulug‘bek Yusupov kuzatuvchi sifatida o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi. Jumladan, ma’ruzada pandemiya davrida respublikamizda arxiv ishi sohasida ko‘rilgan chora-tadbirlar, yil davomida sohada amalga oshirilgan va amalga oshirilayotgan ishlar hamda loyihalar, shuningdek, mamlakatimizning mazkur Maslahat kengashiga rasman a’zo bo‘lib qabul qilinishi yuzasidan fikrlar bayon etildi.
Maslahat kengashining kelgusi 2021 yildagi yig‘ilishi yuzasidan takliflar bildirildi va navbatdagi yangi kun tartibiga kiritildi.


Manba : "Ўзархив" агентлиги Ахборот хизмати