“O‘zarxiv” agentligi tizimida amalga oshirilgan ishlar" mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.

AOKAda “O‘zarxiv” agentligi rahbarlari ishtirokida  “Inson qadri uchun” tamoyili asosida 2022-yil 9 oyi davomida “O‘zarxiv” agentligi tizimida amalga oshirilgan ishlar" mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.
Jumladan Matbuot anjumanida quyidagilar haqida axborot berildi:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-sentabrda “Arxiv ishi sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 501-son qarori qabul qilindi.
Asosiy maqsad jismoniy va yuridik shaxslarga arxiv hujjatlari yoki ularning ko‘chirma nusxalarini O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga vaqtincha olib chiqish uchun ruxsatnomani rasmiylashtirish tizimini an’anaviy shakldan elektron shaklga o‘tkazish orqali qulaylik yaratishdan iborat. Qaror bilan arxiv hujjatlari yoki ularning ko‘chirma nusxalarini O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga vaqtincha olib chiqish uchun ruxsatnoma pasportini tasdiqlash orqali ruxsatnoma olishning aniq tartibi, shu jumladan, taqdim etiluvchi hujjatlar, to‘lanadigan yig‘im miqdori, arizani ko‘rib chiqish muddati, ruxsat etishga oid aniq talab va shartlarni belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini rivojlantirishning 2022-yil 9 oyligiga mo‘ljallangan rejasi 21 ta ko‘rsatkichlar bo‘yicha bajarilib, shundan 19 ta ko‘rsatkich bo‘yicha oshirib bajarildi. 
Xususan, hujjatlarning elektron nusxasini yaratish ishlari bo‘yicha hisobot davrida davlat arxivlarida 144 091 saqlov birligida qog‘oz asosidagi , 11 564 051 kadr, 288 saqlov birligida  kino, 17 558 hisob birligida foto, 366 saqlov birligida  ovozli hujjatlarning elektron nusxalari yaratildi.
Davlat arxiv o‘quvxonalarida tadqiqotchilar ishini tashkil etish bo‘yicha 929 nafar O‘zbekiston fuqarolari, 39 nafar Chet el fuqarolari tadqiqotchilik ishlarini olib bordilar, 47 493 saqlov birligida hujjatlar tadqiqotchilarga foydalanish uchun taqdim etildi.
Arxivlar tomonidan tashkilot va korxonalar uchun sohaga oid ichki normativ hujjatlarni ishlab chiqish bo‘yicha jami 979 ta idoraviy hujjatlar ishlab chiqildi.
Agentlik tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlarning umumiy hajmi 29 289 mln. so‘mni tashkil etdi.
“O‘zarxiv” agentligi va hududiy boshqarmalar tomonidan tashkilotlar hamda korxonalarda arxiv ishi va ish yuritish holati ustidan davlat nazoratini amalga oshirish bo‘yicha 2022-yil 9 oy davomida 219 ta tashkilot va korxonalarda nazorat tekshiruvlari o‘tkazilib, qo‘llanilgan chora sifatida tashkilot va korxonalarga 185 ta taqdimnomalar kiritilgan, 5 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan, shuningdek huquqni muhofaza qiluvchi organlarga 3 ta material yuborilgan. Davlat arxivlari tomonidan tashkilotlar hamda korxonalarda arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha uslubiy hamda amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha 2022-yil 9 oy davomida tashkilot va korxonalarda 729 ta yalpi o‘rganish, 344 ta mavzuli o‘rganish ishlari olib borildi.
2022 yil 9 oyligida Agentlik huzuridagi Arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha malaka oshirish ilmiy-metodik markazida jami 677 nafar tinglovchi malaka oshirishi tashkil etildi. 
Agentlikka joriy yilning 9 oyligi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 794 ta murojaatlar kelib tushdi. Respublika davlat arxivlariga jami jismoniy va yuridik shaxslardan 1 979 ta  murojaatlar kelib tushdi hamda o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqildi, shundan 956 ta murojaat qanoatlantirildi, 818 tasiga tushuntirish berildi, 179 tasi tegishliligi bo‘yicha boshqa tashkilotga yuborildi va hozirda 26 ta murojaat ijrosi bajarilish jarayonida.
2022-yilning 9 oyligi davomida Respublika arxivlariga 67 248 ta mavzuli, 314 975 ta ijtimoiy-huquqiy mazmundagi so‘rovlar kelib tushgan. Davlat xizmatlari markazlari (DXM) va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) orqali 210 672 ta, Pochta va elektron pochta orqali 42 013 ta ijtimoiy-huquqiy mazmundagi so‘rovlar kelib tushgan bo‘lsa, 62 290 nafar fuqaro bevosita arxivga murojaat etgan. 
Arxiv hujjatlari asosida 243 958 ta so‘rovlar ijrosi bajarilib, ulardan 224 086 tasi ijobiy, 19 872 tasi bo‘yicha esa tegishli ko‘rsatma va tushuntirishlar berilgan.
Agentlik tizimidagi arxiv muassasalarida bugunga qadar, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishda kamchilik hamda huquqbuzarlikka yo‘l qo‘yganliklari uchun 2 nafar rahbar va mas’ul xodimlarga jiddiy ogohlantirish berilib, 23 nafar rahbar (9 nafari) va mas’ul xodimlar (14 nafari) intizomiy javobgarlikka tortilgan.
Arxiv ishi sohasida xalqaro hamkorligi yuzasidan “O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi va Amerika Qo‘shma Shtatlari Xolokost yodgorlik muzeyi o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi Shartnoma” asosida AQSh Xolokost muzeyi bilan hamkorlik ishlari, jumladan, 2021 yil 14 yanvarda ikki tomonlama imzolangan Texnik bitim doirasida va Agentlikning 2021-yil 9-fevraldagi 39-son buyrug‘iga asosan 2022-yil uchun Ikkinchi jahon urushi davrida O‘zbekiston Respublikasi hududiga evakuatsiya qilinganlar taqdiriga aloqador ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan foydalanish uchun ochiq arxiv hujjatlarini (tanlangan arxiv materiallari) kataloglashtirish va mavzuli sharhlarni tuzish, Ikkinchi jahon urushi davrida O‘zbekiston Respublikasi hududiga evakuatsiya qilingan aholi taqdiri bilan bog‘liq davlat arxivlarida saqlanayotgan ochiq bo‘lgan tanlangan arxiv materiallarining raqamli reproduksiyasini yaratish (ko‘paytiriladigan materiallar) kabi ishlar amalga oshirilmoqda.
2022-yilning 13-16-iyul kunlari “O‘zarxiv” agentligi direktori boshchiligidagi delegatsiyaning Qozog‘iston Respublikasi Olma-Ota shahriga xizmat safari amalga oshirilib, unda MDH davlat arxiv idoralari Maslahat kengashining navbatdagi 18-yig‘ilishida ishtirok etildi. Shuningdek, delegatsiya ishtirokida Qozog‘iston Respublikasi Markaziy davlat arxivi, Kinofoto hujjatlari va ovoz yozish Markaziy davlat arxivi, Ilmiy-texnika hujjatlari Markaziy davlat arxivi, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti arxivi kabi bir qator tashkilotlarga ishchi tashriflar amalga oshirilib, u yerdagi ish tajribalari o‘rganildi.
2022-yil 6-avgustda Toshkent shahrida “O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti hamda O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum” imzolandi.
O‘zbekiston Respublikasi va Polsha Respublikasi o‘rtasida arxiv ishi va ish yuritish sohasida hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida 2022-yil 4-oktabr kuni Polsha Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi boshchiligidagi Polsha delegatsiyasining “O‘zarxiv” agentligiga tashrifi amalga oshirildi. Tashrif doirasida “O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi va Polsha Respublikasi Milliy xotira instituti o‘rtasida arxiv ishi va ish yuritish sohasida Anglashuv memorandumi” imzolandi.
Joriy yil 7-oktabr kuni Belarus Respublikasida “Tarixda arxivlar – arxivlar tarixda” Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi va Belarus Respublikasi Adliya vazirligi Arxivlar va ish yuritish departamenti o‘rtasida arxiv ishi va ish yuritish sohasida o‘zaro Anglashuv memorandumi imzolandi.
Tadbirni yoritishda yaqindan yordam bergan ommaviy axborot vositalari vakillariga “O‘zarxiv” agentligi tomonidan minnatdorlik bildiriladi.


Manba : "O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati