O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi bilan Birlashgan Arab Amirliklari Milliy arxivlari o‘rtasida Anglashuv Memorandumi imzolandi.
Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahriga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashrifi davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi bilan Birlashgan Arab Amirliklari Milliy arxivlari o‘rtasida Anglashuv Memorandumi imzolandi.
Mazkur hujjatga asosan Tomonlar davlatlarining arxivlarda zarur sharoitlar yaratish, hujjatlarni raqamlashtirish va nusxalarini almashish, hujjatlarni saqlash va konservatsiya qilish hamda mazkur sohada texnologiyalar almashish, arxivshunoslarni tayyorlash, Tomonlar xodimlarining arxiv ishi sohasidagi bilim va ko‘nikmalarni takomillashtirish, tarjima va chop etish bilan bog‘liq faoliyatni mustahkamlash, o‘zaro qiziqish uyg‘otadigan boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha ishlarni amalga oshiradilar.