UZUN TUMANIDA "O‘ZARXIV" AGENTLIGI DIREKTORI ULUG‘BEK YUSUPOV SAYYOR QABUL O‘TKAZDI

Bugun 18 fevral kuni "O‘zarxiv" agentligi direktori Ulug‘bek Yusupov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti tomonidan 2021 yil 15 yanvardagi 08/1-2648-son bilan tasdiqlangan “O‘zarxiv” agentligi rahbariyati tomonidan 2021 yilning I yarim yilligida hududlarda jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabuli jadvali”ga muvofiq Surxondaryo viloyati Uzun tumani davlat arxivida jismoniy va yuridik shaxslar vakillari sayyor qabulini o‘tkazdi.

Sayyor qabul davomida fuqarolarning arxiv xizmatlari bilan bog‘liq muammoli masalalari hal etildi.

Ma’lumot: Bugungi kunda Uzun tumani davlat arxivida 1926 yildan boshlab jami 593 fond, 89419 saqlov birlikdagi hujjatlar saqlanadi. Davlat arxivi Uzun va Sariosiyo tuman fuqarolari, tashkilot, korxona va muassasalariga xizmat ko‘rsatib kelmoqda.


Manba : "Ўзархив" агентлиги Ахборот хизмати