“Vatanga baxshida umr”

1958 yil 9 mart kuni Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida dunyoga kelgan chaqaloq vaqtlar kelib Respublikamizda “O‘zbekiston Qahramoni” unvonini olib, oliy nishon – “Oltin yulduz” medaliga ega chiqishi haqida xech kim o‘ylamagan bo‘lishi tabiiy. Lekin Lolaxon Murotova 2019 yil mana shunday yuksak unvonga ega chiqdi.
Qachon, qaysi tadbirga chaqirsangiz, - Dalani tashlab ketolmayman! deya javob qaytaradigan O‘zbekiston qahramoni 2006 yildan buyon Farg‘ona viloyati Oltiraiq tumani “Nurli Obod” fermer xo‘jaligi boshlig‘i hisoblanadi.

Texnikaga qiziqishi yuqori bo‘lgan, otasining “Ij” rusumli mototsiklini gugurt cho‘plari yordamida o‘t oldirib, dalaga o‘t yulish uchun olib qochgan Lola Murotova Toshkent industrial texnikumini tamomlab, 1974 yil 14 fevral kunidan boshlab, tumandagi 1-texnika instrkutorligi lavozimiga ishga taklif qilindi.
Qo‘yliqdagi industrial texnikumning sirtqi bo‘limiga o‘qishga kirib, 1980 yilda a’lo baholarga tamomlab, maktabda inspektor lavozimida faoliyat olib bordi.

Ta’til kunlari Lola Murotovani bekor qolishini sezgan Sovxoz bo‘lim boshlig‘i va maktab direktori suhbat olib borib, Lolaxonni brigada traktorini xaydash uchun ko‘ndirishadi. Va shuning bilan brigadada traktorchi vazifasida birinchi mavsumdayoq 130 tonna paxta terib, elning, kattalarning e’tiboriga tushdi. To‘rt yil shu to‘rt qatorli mashina uning orzulariga parvoz berdi, el ichida tanitdi. Tilga tushdi. 22 yoshida uni viloyat kengashi deputatligiga saylandi.

 

1984 yil yildan 2000 yilga qadar Oltiariq tumani Nurobod shirkat xo‘jaligida bo‘lim boshlig‘i, 2000 yildan 2006 yilga qadar mazkur shirkat xo‘jaligining raisi sifatida faoliyat yuritgan.

Muhtaram birinchi prezidentirimiz I.A.Karimov tomonidan 2004 yil “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi” unvoni, 2013 yil “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlangan.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017 yil “Fidokorona mehnatlari uchun” ordeni hamda 2019 yil oliy unvon - “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni bilan taqdirlanib, el-yurt oldidagi munosib mehnatlari uchun mukofotlangan.

Farg‘ona viloyat davlat arxivida Murotova Lolaxon Ne’matovnaning 3729-fond raqami ostida shaxsiy fondi yaratilib, O‘zbekiston qahramoni hayoti va faoliyatiga oid hujjatlar saqlanib kelinmoqda va ushbu fondning boyitib borilishi ta’minlanmoqda.
Fasllar kelinchagi bo‘lmish Bahorning ilk bayrami “8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” hamda 9 mart Lolaxon Murotovaning tavallud ayyomlari, muborak 63 yoshlari munosabati bilan O‘zbekiston qahramoniga uzoq umr va Vatanimiz rivoji uchun qilayotgan halol mehnatlarida yaratgandan kuch-quvvat tilab qolamiz.


Manba : "Ўзархив" агентлиги Ахборот хизмати