VAZIRLAR MAHKAMASI QARORI qabul qilindi.

Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi (440-son, 13.07.2020 y.)
Qarorga muvofiq, bir-birining bevosita bo‘ysunuvi yoki nazorati ostida bo‘lgan qarindosh-urug‘larning birga xizmat qilishlarini cheklash qoidalaridan istisno etilishi mumkin bo‘lgan xodimlar toifasiga arxiv xodimlari ham kiritildi. 
Mazkur qoida muassasaning bosh buxgalterlari, buxgalterlari va kassirlariga tatbiq etilmaydi.
Shuningdek qaror bilan, Arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan xizmat ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, davlat arxivlarining Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasiga tushgan mablag‘larining 50 foizi arxiv xodimlarini ijtimoiy himoya qilish va moddiy rag‘batlantirish tadbirlariga yo‘naltirilishi belgilandi.  


Manba : "Ўзархив" агентлиги Ахборот хизмати