"Vazirlik va idoralarda arxiv ishi va ish yuritish holati ustidan davlat nazorati va “O‘zarxiv” agentligida korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar" mavzusida brifing o‘tkazildi.
“O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati rahbari Anvarjon Aliyevning AOKAdagi 2024 yil 7 noyabrdagi
BRIFINGI
“O‘zarxiv” agentligi va Arxiv ishi hududiy boshqarmalari tomonidan 272 ta (99,6%) vazirlik va idoralar hamda boshqa tashkilotlarda arxiv ishi va ish yuritish holati ustidan davlat nazorati amalga oshirildi.
O‘tkazilgan davlat nazorati tadbirlarining 47 tasi “O‘zarxiv” agentligi, 225 tasi Arxiv ishi hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshirildi.
Davlat nazorati tadbirlari natijasida 249 ta tashkilotlarga ko‘rib chiqishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar, shundan, 44 tasi Agentlik va 205 tasi Arxiv ishi hududiy boshqarmalari tomonidan yuborildi.
Tekshirishda aniqlangan qonunbuzilishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining
2154-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik bo‘yicha 51 nafar masʼul xodimlarga nisbatan, shundan, Agentlik 25 ta va Arxiv ishi hududiy boshqarmalari tomonidan 26 ta maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli sud organlariga yuborildi hamda arxiv ishi hududiy boshqarmalari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga 6 ta material yuborildi.
Davlat arxivlari tomonidan 860 ta tashkilotlar va korxonalarda
554 ta yalpi va 306 ta mavzuli o‘rganishlar o‘tkazish orqali ularga arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatildi.
Vazirlik va idoralar hamda ularning hududiy bo‘limlarida o‘tkazilgan tekshirishlar davomida quyidagi kamchiliklar aniqlanmoqda:
O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi tarkibiga kiritilgan arxiv hujjatlarini belgilangan muddatlarda davlat arxivlariga topshirmaslik, arxiv hujjatlarining qimmatliligini aniqlash ekspertizasidan o‘tkazmaslik, jumladan, arxiv ro‘yxatlarini tuzmaslik, hujjatlarni tartibga keltirmasdan saqlash va arxiv xonalariga bo‘lgan talablarga rioya etmaslik;
ish yuritish qoidalariga rioya etmaslik, jumladan, ish yuritish yo‘riqnomalari, yig‘majildlar nomenklaturalari ishlab chiqilmaganligi;
Arxiv ishi va ish yuritishga masʼullarning bilim va malakalari yetishmasligi hamda tegishli malaka oshirish kurslarida o‘z malakalarini oshirmaslik holatlari.
“O‘zarxiv” agentligi tomonidan korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha quyidagi ishlar amalga oshirildi:
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat arxivlarining 38 nafar xodimi onlayn o‘qitishdan o‘tganlar. O‘zarxiv agentligi va uning hududiy boshqarmalarida hisobot davri 115 ta korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida targ‘ibot tadbirlari tashkil etilgan.
Jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari tomonidan “O‘zarxiv” agentligi va uning tizimidagi tashkilotlari xodimlari tomonidan manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiyaga yo‘l qo‘ygan holatlarida murojaat qilishlari uchun aloqa kanallari tashkil etilgan va “O‘zarxiv” agentligining rasmiy veb-saytida https://archive.uz/aloqa-kanallar joylashtirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023 yil 25 yanvardagi Farmoniga muvofiq “O‘zarxiv” agentligining hududiy boshqarmalaridagi shtat birliklari qisqartirilgan va Mehnat kodeksi talablardan kelib chiqib, qisqartirishga tushgan xodimlar 2023 yilda hududiy boshqarmalari bo‘ysunuvidagi 9 ta davlat arxivlarining mavjud vakant lavozimlariga jami 11 nafar xodim ishga joylashtirildi.
Agar fuqarolar arxiv maʼlumotnomalarini olish bo‘yicha arxivga murojaat qilganda murojaat bo‘yicha asossiz rad javoblari berilsa so‘rovnomalarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqmaslik, ortiqcha ovoragarchilik, arxiv xodimlarining muomalasidan norozilik hamda korrupsiya yoki tamagirlik holatlariga duch kelsa, telegram orqali “O‘zarxiv” agentligi direktori Ulug‘bek Yusupovga murojaat qilishlari mumkin.
Hurmatli yurtdoshlar, “O‘zarxiv” agentligi va uning tizimidagi tashkilotlari xodimlari tomonidan korrupsiyaga Yo‘l qo‘yilishiga guvoh bo‘lsangiz, , ushbu haqida “O‘zarxiv” agentligining 55-50-301-50 “ISHONCH TELEFONI” yoki “antikorarchivebot” orqali xabar berishingizni so‘raymiz.