XAK «YeVRAZIKA» bo'limining 15-Umumiy konferentsiyasida O'zbekiston vakillarining ishtiroki

Joriy yilning 22-26 sentyabr kunlari Qozog'iston Respublikasining Ostona shahrida Xalqaro Arxivlar Kengashi YeVRAZIKA bo'limining 15-Umumiy konferentsiyasi hamda “Arxiv hujjatlarini saqlash borasidagi dolzarb masalalar” mavzusidagi ilmiy konferentsiya o'tkazildi.Konferentsiyada XAK YeVRAZIKA bo'limiga azo davlatlarning arxiv sohasi vakillari ishtirok etdilar. O'zbekiston Respublikasi tomonidan vakillar sifatida O'zbekiston Respublikasi Ilmiy-texnikaviy va tibbiyot xujjatlari markaziy davlat arxivi direktori B.M.Axmedov, Buxoro viloyati davlat arxivi direktori S.A.Ibragimova hamda Toshkent viloyati Davlat arxivi direktori v.v.b. K.S.Nigmatullaevlar ishtirok etdilar. Konferentsiyada bugungi kun arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi yangiliklar, qo'lga kiritilayotgan yutuqlar xamda dolzarb muammolar haqida fikr yuritildi. Shuningdek, xar bir davlat vakillari o'z mamlakatlarida arxiv ishi va ish yuritish sohasida ro'y berayotgan o'zgarishlar, amalga oshirilayotgan islohotlar to'g'risida so'zga chiqdilar. “Arxiv xujjatlarini saqlash borasidagi dolzarb masalalar” mavzusidagi ilmiy konferentsiyasida Arxiv xujjatlarini hisobga olish, saqlanishi va foydalanishni tashkil etishda har bir davlatning o'ziga xos tajribasi, qo'lga kiritgan yutuqlari bilan o'rtoqlashildi. Ilmiy anjuman do'stona va ishchanlik ruhida o'tdi.